Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuyamo‘yin suv ombori hajmi qo‘shimcha 1 mlrd kub metrga kengaytiriladi
1,2 million gektarda suv ta’minotini yaxshilash va ichimlik suvi zaxirasini yaratish nazarda tutilgan.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi”da suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Suv ishlatish samaradorligini 25 foizga oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish bilan bog‘liq vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Hujjatda qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish, transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi obektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol ikki taraflama manfaatli hamkorlikni davom ettirish o‘rin olgan.
“O‘zbekiston — 2030”da melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarida sho‘rlangan maydonlarni 1,7 million gektargacha, kuchli va o‘rta sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 430,0 ming gektargacha, yer osti suv sathi muammoli holatda bo‘lgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargacha kamaytirish belgilangan.
Strategiyada Tuyamo‘yin suv ombori hajmini qo‘shimcha 1 milliard kub metrga kengaytirib, 1,2 million gektarda suv ta’minotini yaxshilash va ichimlik suvi zaxirasini yaratish ham nazarda tutilgan. Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1069 nasos va 1079 elektrodvigatel energiya tejamkorlariga almashtiriladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
Mavzuga oid

18:58 / 03.03.2025
Qashqadaryoda Qizilsuv suv ombori ta’mirlash maqsadida quritildi

13:35 / 15.01.2025
Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani rad etildi. Yolg‘on xabar tarqatgan ikki fuqaro jarimaga tortilgan

20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi

10:16 / 06.11.2024