Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bilim uchun 100 million” loyihasi e’lon qilindi
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tashabbusi bilan o‘tkaziladigan olimpiada ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. Loyihaning birinchi bosqichiga 12 sentabr kuni @bilimtestbot Telegram-botida start berildi. G‘olib bo‘lgan ishtirokchi 100 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligida “Bilim uchun 100 million” loyihasiga start berildi. “Bilim uchun 100 million” loyihasi ommabop loyiha bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan barcha ishtirok etishi mumkin
Mazkur loyihani o‘tkazishdan maqsad — O‘zbekistonda bilim olishni ommalashtirish, bilimdonlarni kashf etishdan va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat
Loyiha ikki bosqichda: birinchi bosqich onlayn (12 sentabrdan 1 dekabrgacha), ikkinchi bosqich oflayn shaklda o‘ktaziladi.
Olimpiadaning birinchi bosqichi 12 sentabr kuni @bilimtestbot Telegram-botida start oldi va 1 dekabrga qadar davom etadi. Har hafta yangi tur e’lon qilinadi, 1 ta tur 40 ta savoldan iborat bo‘ladi. Buni ishlash uchun 1 soat vaqt taqdim etiladi.
Har haftada taqdim etilgan savollarni foydalanuvchilar ishlab, 1 dekabrga qadar ball yig‘ib boradi. 1 dekabrga qadar @bilimtestbot taqdim etgan savollardan eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi Toshkent shahriga, olimpiadaning ikkinchi bosqichiga taklif etiladi.
Olimpiada finalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olib 100 million so‘m, qolgan 99 nafar finalchining har biri esa 1 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida issiq kuchayadi
O‘zbekiston | 15:38
-
Germaniyalik er-xotin Kaliningrad yaqinida suvosti kemasini ko‘rganini xabar qildi
Jahon | 15:30
-
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC
Jahon | 15:14
-
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:12
Mavzuga oid

21:02 / 17.05.2025
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik festival o‘tkazilmoqda

22:05 / 17.03.2025
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi

20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi

14:45 / 27.06.2024