Payme’dan dunyoni zabt etayotgan o‘zbeklarga bag‘ishlangan yangi tabriknomalar to‘plami

Jamiyat 17:24 / 13.09.2023 15972

O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan Payme kompaniyasi buyuk ajdodlar – Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy va boshqalar aks etgan tabriknomalar to‘plamini chiqardi. Ushbu faoliyatni davom ettirib, brend oldinga borishga va o‘tmishning buyuk shaxslari bizning g‘ururimiz uchun yagona sabab emasligini ko‘rsatishga qaror qildi.

Payme tabriknomalarining yangi to‘plami fan, biznes va sport sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishgan zamondoshlariga bag‘ishlangan.

Unda Stenford universiteti bo‘yicha dunyoning eng yaxshi olimlari ro‘yxatiga kiritilgan Dilfuza Egamberdiyeva, Meta’dan sarmoya olgan AMI LABS startapi mualliflari Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazoyev, Garvard universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan birinchi o‘zbek ayoli Gulnora Aminova, 2011 yilda TIME nashri talqiniga ko‘ra “Yil ixtirochisi” deb topilgan Aliyev Ali va Everest tog‘ini janubiy yonbag‘ridan zabt etgan birinchi o‘zbekistonlik Sergey Denisenko.

“O‘zbekiston ajoyib, iste’dodli, muvaffaqiyatli va maqsadli odamlar yashaydigan ajoyib mamlakatdir. Bu ko‘p asrlar oldin bo‘lgan va bugungi kunda ham davom etmoqda. Biz buni yangi to‘plamda aks ettirishga harakat qildik», - deya ta’kidlaydi Payme jamoasi.

Payme’da tabriknomalar allaqachon mavjud - ilovani yuklab oling, "O‘tkazmalar" bo‘limiga o‘ting, qabul qiluvchini tanlang va "Tabriknoma biriktirish" tugmasini bosing. Payme ilovasini Google Play va App Store platformalarida yuklab olishingiz mumkin.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: