"Navoiyuran"ning avvalgi rahbari bilan bog‘liq xabarlar rad etildi

Jamiyat 17:55 / 11.09.2023 18844

Ma’lum qilinishicha, “Navoiyuran” DKda tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov rahbarligida geologiya, tog‘-kon sanoati va metallurgiya sohalaridagi dolzarb masalalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan va unda sobiq rahbar Jahongir Xasanovning mehnatlari e’tirof etilgan. 

“Yig‘ilishda Jahongir Xasanov “Navoiyuran” davlat korxonasi Kuzatuv Kengashi a’zosi sifatida faoliyatini davom ettirishi yig‘ilganlarga ma’lum qilindi. Korxona Bosh direktori vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Djamol Fayzullayev zimmasiga yuklatilganligi e’lon qilindi.

 O‘tkazilgan mazkur yig‘ilish tafsilotlari bo‘yicha vazirlikning hamda korxonaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berildi.

 Biroq, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiyuran" DKning avvalgi rahbari J. Hasanov bilan bog‘liq xabarlar turlicha talqin qilinib, jamoatchilikda salbiy fikr uyg‘otadigan sarlavhalar ostida e’lon qilish holatlari kuzatilmoqda.

 "Navoiyuran" DK OAV va mustaqil blogerlardan bunday asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni va uni tarqatmaslikni so‘rab qoladi” deyiladi xabarda.

"Navoiyuran" DK axborot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: