HONOR Magic V2 taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Fan-texnika 19:02 / 09.09.2023 54563

Bu ishlanma so‘nggi innovatsiyalarga mos va insonga yo‘naltirilgan. Yengil va ingichka smartfon vazni bor-yo‘g‘i 231 g va buklangan holatda 9,9 mm qalinlikka ega. U ikkitalik kremniy-uglevodli yangi avlod akkumulyatori bilan jihozlangan va bu soatiga 5000 mAgacha yuqori sig‘imni ta’minlaydi.

 «HONOR buklamafon smartfonlari olis yo‘lni bosib o‘tgan va har bir intengratsiya dizayn, funksionallik va uzoq yillar xizmat qilishda yangi imkoniyatlarni namoyon etadi», — dedi HONOR bosh direktori Djordj Chjao.

Magic V2 bu toifadagi dastlabki o‘ta yengil titan sharnir va yangi patentlangan HONOR po‘lati bilan jihozlangan. Smartfon SGS umrboqiylik sertifikatiga ega – 400 000 martadan ortiq buklashlar yoki kuniga 100 marotaba buklaganda 10 yilgacha xizmat qilish muddati.

50 MPlik (f/1,9) asosiy kamera, 50 MPlik (f/2,0) o‘ta keng burchakli kamera va 20 MPlik (f/2,4) teleobektivdan iborat uchtalik kamera yorqin kadrlarni muhrlash ishqibozlarini xursand qilishi aniq.  Old (frontal) kamera esa ikkita 16 MPlik  (f/2,2) kamerani o‘z ichiga oladi.

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘zga tushadigan og‘irlikni kamaytiruvchi maxsus tizim sababli hatto uzoq muddat foydalanganda ham tomosha qilishda qulaylik ta’minlanadi.

HONOR — aqlli qurilmalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri. U jahonda nufuzli texnologik brendga aylanish va kuchli mahsulotlar yordamida yangi intellektual dunyoni yaratishga intiladi.  

Kelajakni HONOR Magic V2 bilan birgalikda kashf qiling!

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: