Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning sheriklari qamaldi

Jamiyat 10:07 / 28.04.2024 18891

Toshkent shahrida 40 yoshli ayol firibgarlik yo‘li bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga mahsulotlarni xarid qilgani ma’lum bo‘ldi. Millar teledasturi unga o‘qilgan sud hukmi bo‘yicha lavhani efirga uzatdi.

U o‘z jinoyatlarini 1995 va 1996 yillarda tug‘ilgan ikki sudlanuvchi yigit bilan birgalikda sodir etgan. Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayol shu vaqtgacha 12 marta sudlangan.

«Fuqarolarning nomiga kredit olish bilan shug‘ullanganman. Jinoyat sodir etganimni tan olaman», – deya sud zalida izoh berdi u.

Sudlanuvchi ayol Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi. Sudning 2023 yil 26 dekabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismini qisman qo‘yish yo‘li bilan ayol 5 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudlanuvchi yigitlarning har biriga esa 5 yil-u 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: