Xitoyning Shandun provinsiyasi, Dechjou shahri rahbariyati vakillari «O‘zeltexsanoat» uyushmasiga tashrif buyurdi.
Uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov va Dechjou shahri delegatsiyasi rahbari Tyan Veydun o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik va ustuvor yo‘nalishlarda birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi.
Uyushma mutasaddilari elektrotexnika sanoati bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi bilan samarali hamkorlik aloqalarini kuchaytirish orqali har tomonlama manfaatli maqsadlarga erishishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida, O‘zbekistonning Bitmain Service va Xitoyning Huake Semiconductor CO kompaniyalari hamkorligida mamlakatda elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi yangi quvvatni ishga tushirish bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu yangi loyiha realizatsiyasini tezlashtirish, o‘z vaqtida ishga tushirishda hamkorlik qilish, ko‘mak berish bo‘yicha to‘rt tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.