Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘ydi

Iqtisodiyot 10:49 / 30.08.2023 24794

Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘ydi, deya xabar berdi Spot «Sinxua» agentligiga tayangan holda.

Unga ko‘ra, China Railway Beijing Group kompaniyasiga qarashli yuk poyezdi 29 avgust kuni Xebey provinsiyasi Chjanjiaku shahridan Toshkentga jo‘nab ketdi.

14 ta konteyner platformasidan iborat poyezdda avtomobil ehtiyot qismlari, maishiy texnika va to‘qimachilik mahsulotlari olib ketilgan.

Poyezd yo‘nalishi Qozog‘iston bilan chegaradagi Xorgos quruq porti orqali o‘tadi. Taxminan 15 kun ichida O‘zbekiston poytaxtiga yetib borishi kutilmoqda.

Kompaniya yangi yo‘nalish mintaqada yuk tashishni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidlamoqda. Chjanjiaku shahridagi temiryo‘l va avtomobil yo‘llari tutashuvi negizida yangi multimodal logistika markazini yaratish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: