31 ta davlat korxonasi aksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladi

Iqtisodiyot 20:16 / 21.08.2023 25337

Joriy yilning mart oyida «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilingandi.

Qaror bilan 2023–2025 yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar (31 ta) ro‘yxati tasdiqlangandi va mazkur tashkilotlarning aksiya paketlari Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilgandi.

18 avgust kuni imzolangan «Davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarning isloh qilish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori bilan mazkur 31ta yirik davlat korxonalari, tijorat banklari hamda UzAssets investitsiya kompaniyasidagi davlat ulushi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazildi.

Shuningdek, Strategik islohotlar agentligiga o‘tishidan oldin Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ixtiyorida bo‘lgan 9ta bankning (Agrobank, Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Xalq banki, Turonbank, Qishloq qurilish bank, Aloqabank, O‘zmilliybank, Mikrokreditbank) xususiylashtirish jarayonlarini ham endilikda bevosita Iqtisodiyot va moliya vazirligi nazorat qiladi.

Avvalroq, prezidentning tegishli farmoni bilan prezident administratsiyaning tuzilmasiga ham bir qator o‘zgartirishlar kiritilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: