Jahon | 14:44 / 20.08.2023
14221
5 daqiqa o‘qiladi

Foto: Kanada tarixidagi eng jiddiy o‘rmon yong‘inlari

Hukumat butun shaharlarni evakuatsiya qilmoqda va favqulodda holat joriy etmoqda. Quyida olov devoriga eng yaqin joylashgan G‘arbiy Kelouna shahrida olingan suratlar.

Kanada «o‘z tarixidagi eng yomon o‘rmon yong‘inlari mavsumi»ni boshdan kechirmoqda. Bu haqda 19 avgust kuni Kanadaning Britan Kolumbiyasi provinsiyasi rahbari Devid Ebi ma’lum qildi — u shuningdek regionda favqulodda holat joriy etilishini ham aytgan, chunki so‘nggi 24 soatda vaziyat borgan sari yomonlashib borgan — va yaqin kunlar ichida yanada yomonlashishi mumkin. Minglab kishilar allaqachon Vankuverdan sharqdagi aholi yashash manzillaridan evakuatsiya qilingan — va ular endi uyga qachon qaytishi noma’lum. Yana o‘n minglab kanadaliklar evakuatsiyaga tayyorlanmoqda, rasmiylar bir qancha shaharlar aholisini halokat hududidan olib chiqishni rejalashtirmoqda.

G‘arbiy Kelounadagi Okanagan ko‘li ustida o‘rmon yong‘inlari hosil qilgan tutun buluti. Ko‘l sohilida ko‘plab binolar yonib ketgan, ular qatorida 1970-yillarda qurilgan va qachonlardir davlatlar rahbarlari, jumladan Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher hamda Kanada bosh vaziri Brayan Malruni qabul qilingan mashhur kurort ham bor.
Darryl Dyck / The Canadian Press / Scanpix / LETA
Vankuverdan 300 kilometr sharqda joylashgan G‘arbiy Kelouna shahri uzra tutun. Bu shaharda 36 mingga yaqin kishi yashaydi
Reuters / Scanpix / LETA
18 avgust kuni hukumat G‘arbiy Kelounaning ayrim hududlarini evakuatsiya farmon chiqardi, shundan keyin minglab kanadaliklar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Jessica Smith / Reuters / Scanpix / LETA
Alanga G‘arbiy Kelounaga tobora yaqinlashib kelmoqda
Dan Riedlhuber / Reuters / Scanpix / LETA
G‘arbiy Kelounadagi uylar ustida yong‘in. Britan Kolumbiyasi provinsiyasi favqulodda ishlar vaziri Bouinn Ma o‘t o‘chirish xizmatida «resurslar yetarlicha» ekanini ma’lum qildi, ammo region aholisini zarurat bo‘lganda evakuatsiyaga tayyor turishga chaqirdi.
Darryl Dyck / The Canadian Press / Scanpix / LETA
G‘arbiy Kelouna. Evakuatsiya qo‘shni Kelounada ham olib borilmoqda, G‘arbiy Kelouna chekkasida joylashgan Okanagan ko‘li ortidagi bu shahar aholisi 150 ming kishi atrofida. 17 avgust kuni rasmiylar Yyellounayf shahrida 19 ming kishini evakuatsiya qilishga buyruq bergandi — bu Shimoliy-G‘arbiy hududlar provinsiyasi markazi hisoblanadi.
Darryl Dyck / The Canadian Press / AP / Scanpix / LETA
G‘arbiy Kelouna. Regionda 3,4 mingga yaqin o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda, qo‘shni mamlakatlar, jumladan Meksika va Kosta-Rikadan ham o‘nlab qutqaruvchilar yordamga kelgan.
Darryl Dyck / The Canadian Press / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Paramediklar Kelounadagi keksalar uyida yashovchilarni evakuatsiya qilishga yordam bermoqda. Britan Kolumbiyasidagi boquvchisiz qolgan keksalar yashovchi sakkiz pansionatdan jami 700 kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan
Darryl Dyck / The Canadian Press / AP / Scanpix / LETA
Britan Kolumbiyasi provinsiyasida yashovchi Devid Kuper shosse yoqasida. Uning mashinasi evakuatsiya vaqtida buzilib qolgan
Paige Taylor White / AFP / Scanpix / LETA
Yyellounayfdan evakuatsiya qilingan aholi vakillari Edmonton xalqaro aeroportida Kanadaning C-130 Hercules harbiy samolyoti bortini tark etmoqda. Kelounadagi xalqaro aeroportlar ustidagi havo kengliklari 18 avgust kuni tongda yopilgan va o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda qatnashayotgan ekipajlarga joy bo‘shatish maqsadida reyslarning ko‘p qismi bekor qilingan.
Andrej Ivanov / AFP / Scanpix / LETA
Britan Kolumbiyasida avj olgan yong‘inga «Makdugall Krik» deb nom berilgan — bu provinsiya shimolidagi daryo nomidan olingan. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 10,5 ming gektar atrofidagi maydonni qamrab olgan. Bu 14,7 mingta futbol maydoni sig‘adigan hududdir.
Darren Hull / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid