Sirdaryo viloyati Xovos tumanida qidirilayotgan 17 yashar o‘quvchi qiz topildi. Viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, 24 iyul kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgan Xakimova Manzura Bekpolat qizi topilib ota-onasiga sog‘-salomat topshirildi.
Ushbu fuqaroni topishda ko‘maklashgan fuqarolar 5 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanishi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanishi aytilgan edi.
«Qidiruvda ko‘mak bergan barcha fuqarolarga Sirdaryo viloyati IIB jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», — deyiladi xabarda.