Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Payme Mahalla’ning uchinchi missiyasi yakunlandi: platforma a’zolari Qoraqalpog‘iston maktablari uchun kompyuterlar sotib olishga ko‘maklashdilar

Foto: Payme
Payme foydalanuvchilarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli Qoraqalpog‘istondagi maktab o‘quvchilari zamonaviy kompyuterlarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
2022 yil dekabr oyida Payme turli ijtimoiy missiyalar e’lon qilinadigan Payme Mahalla platformasini ishga tushirdi. O‘tkazmalar va to‘lovlardan to‘plangan ballar hisobiga foydalanuvchilar jamiyat hayotini yaxshilashga hissa qo‘shishlari mumkin. Loyihaning maqsadi muhim jamoat muammolarini hal qilish uchun foydalanuvchilarni birlashtirish edi.
Har bir foydalanuvchi ilova ichidagi har qanday pul o‘tkazmalari va to‘lovlar orqali to‘plangan o‘z ballarini ushbu missiyalarga o‘tkazishi mumkin. Qo‘shimcha pul kartalar yoki hisoblardan yechilmaydi. Kerakli ball to‘plangandan so‘ng, Payme missiyani amalga oshiradi.
Uchinchi missiya Qoraqalpog‘istonda sifatli ta’lim olish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan edi.
Payme foydalanuvchilarining 3 kun ichida to‘plangan 250 million ballari tufayli kompaniya kompyuterlarni sotib oldi va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qaro‘zak tumanidagi maktablarga taqdim etdi. Missiya ONA jamoat fondi bilan birgalikda amalga oshirildi. Bu qanday amalga oshirilganligi haqida quyidagi rolikdan ko‘ring.
Payme xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shgan har bir ishtirokchiga minnatdorchilik bildiradi. Kompaniya boshqa missiyalarni amalga oshirishda davom etadi. Siz ham ishtirok eting, katta yaxshilik jamoasining bir qismiga aylaning.
Kompaniya tez orada yangi missiyalarni e’lon qiladi. Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishingiz mumkin.
Payme Mahalla — xayrli ishlar qilishning qulay usuli.
Payme ilovasini iOS va Android’da yuklab olish mumkin.
Instagram: @payme.uz
Facebook: fb.com/payme.uz
Telegram: t.me/payme_uz
ONA jamoat fondi Instagram: @ona_foundation
Reklama huquqlari asosida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?

14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi

12:00 / 18.07.2024
Uklon va Payme kompaniyalari Toshkentdagi taniqli shaxslarni tajriba o‘tkazishga, bir necha kun naqd pulsiz yashashga taklif qildi

18:57 / 22.01.2024