Fitosanitariya talablariga javob bermagan salkam 1 tonna va 249 931 dona mahsulot yo‘q qilindi
O‘tgan olti oyda fitosanitariya talablariga javob bermagani uchun salkam 1 tonna va 249 931 dona mahsulot yo‘q qilindi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lum qildi.

Sabina Sadinova
Fitosanitar talablarga javob bermagani sababli 14 ta davlatga 143 ta e’tiroznoma (notifikatsiya) yuborilgan. 9 000 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarilgan.
Joriy yilda 519 ming gektar maydonda zararli chigirtka o‘choqlariga qarshi kimyoviy ishlov bashorat qilinib, 493 ming gektar maydonda kimyoviy ishlov ishlari o‘tkazilgan.
Tut parvonasi zararkunandasiga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkazish uchun 2023 yilda respublika budjetidan 11 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Mavzuga oid

14:12 / 22.02.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

15:36 / 12.12.2024
O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazilayotgan mahsulotlar ro‘yxati 68 ta yangi pozitsiyaga ko‘paydi

14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi

14:20 / 09.12.2024