Yaponiya O‘zbekistonga seysmik barqaror binolar qurilishida amaliy yordam bermoqchi
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Yaponiyaning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri - Okumura Corporation korporatsiyasi ijrochi direktori Akira Okada bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo»

Foto: Dunyo
Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qurilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Okumura Corporation korporatsiyasining zilzilaga bardosh beradigan binolarni loyihalash va seysmik barqaror inshootlarni qurish tajribasini o‘rganish bo‘yicha fikr almashdi.
Korporatsiya ijrochi direktori Akira Okada O‘zbekistondagi yirik qurilishlarga qiziqish bildirdi. U Okumura Corporation korporatsiya tomonidan seysmik barqaror binolar, suv, avtomobil va temiryo‘l tunnellarini qurilishda amaliy yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
Okumura Corporation korporatsiyasi 1907 yilda tashkil etilgan. Korporatsiya suv, avtomobil va temiryo‘l kabi tunnellarning hamda seysmik barqaror binolarning qurilishi bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Yaponiyada birinchi bo‘lib olti burchakli segmenti texnologiyasini ishlatishni boshlagan.
Mavzuga oid

23:25 / 04.03.2025
Yaponiyada o‘rmon yong‘inlari 2,6 ming gektar maydonni qamrab oldi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

21:44 / 03.03.2025
Yaponiya tashqi ishlar vazirining Rossiyaga kirishi taqiqlandi

16:42 / 03.03.2025