“Qish g‘amini yozda ko‘r” yoxud uy egalari nima uchun Viessmann'dan VITODENS isitish qozonlarini tanlamoqda?

Jamiyat 17:00 / 14.07.2023 17742

Bilasizmi, bu yil davlat dasturlariga ko‘ra, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida yangi uy-joylar qurish hajmi yiliga 90 minggacha oshirish nazarda tutilgan.

Bu yilgi qahraton qish va -30 darajadagi anomal sovuq sharoitida ko‘pchilik uy egalari hattoki yangi qurilgan uylarda gaz bosimi va elektr tarmoqlar quvvatlari vaqtincha past bo‘lgani sababli ancha qiyin ahvolga tushib qolishdi.

Hattoki isitish qozonlari o‘rnatilgan uylarda ham ahvol deyarli turlicha bo‘ldi. Ko‘pchilikning bu masalaga e’tiborsizligi ham sovuqda qolib ketishiga sabab bo‘ldi.

Afsuski, bunday kutilmagan vaziyatda “yevroremont”, sifatli yumshoq mebellar, qimmatbaho qandillar, noyob dizayn ishlovlari ham ko‘zga ko‘rinmaydi hatto.

Esingizdami, eskilar “Uy tanlama, qo‘shni tanla” deyishardi. Bugunga kelib uylarini sovuq urgan mijozlar “ko‘zi ochilib”, kayfiyatlari va talablari ham anchagina o‘zgargan. Shuning uchun ham bu gapning boshqacha talqini dolzarb bo‘lib qoldi, ya’ni “Uy tanlama, ishonchli isitish tizimini tanla” deyishga majbur bo‘ldik.

Bugun yangi turar joyga ega bo‘layotgan va o‘z uyini issiqda saqlash niyatida bo‘lgan va mijozlar uchun isitish qozonlari bozorida xilma-xil takliflar mavjud va ular bir biridan narxi, sifati, ishonchliligi, qulayligi, texnologiya darajasi va boshqa mezonlarga ko‘ra keskin farq qiladi.

Shuning uchun ham ko‘p qavatli turar joy, va jozibasi oshib borayotgan kottejlarni barpo etayotgan qurilish kompaniyalari aynan bu masalaga jiddiy e’tibor qaratadigan zamon keldi.

Maqsad bir - mijozlar ehtiyojini to‘liq qondirish va qurilayotgan inshootlarga isitish qozonlarni tanlashda adashmaslik.

Bunga bir misol ham keltirish o‘rinli deb hisoblaymiz va “nemis sifati”ni o‘zida aks etuvchi ishonchli va so‘nggi o‘n yildan ortiq yuqori talabga ega bo‘lgan Viessmann kompaniyasining Vitodens 050 va Vitodens 100-W isitish qozonlariga e’tibor qaratishga majbur bo‘ldik.

Savol tug‘ilishi mumkin: shu kungacha ushbu qozonlarni xarid qilgan mijozlar nima afzalliklarga amin bo‘lgan?

Viessmann uskunalari energiya resurslarini tejaydi, sifati yuqori va aqlli bo‘lgani sababli foydalanish muddati davomliroq, uni oson va hattoki maxsus ilova orqali uyali telefon yoki noutbuk yordamida masofadan boshqarish imkoniyati mavjud.

Vitodens 050 va  Vitodens 100-W uskunalari Yevropada isitish tizimlarini ishlab chiqarishda yetakchilardan hisoblanadi.

Isitish jarayoni tashqi haroratga qarab avtomatlashtirilgan, chunki uyning tashqarisida va ichida havo harorati sensorlarini o‘z ichiga oladi. Tashqi harorat o‘zgarganda, ushbu qurilmalar boshqaruv tizimiga signal yuboradi va mijoz tomonidan belgilangan havo haroratini saqlab turish maqsadida qozondagi gaz avtomatik tarzda sarflanishi ko‘payadi yoki kamayadi.

Bundan tashqari uyingizning barcha xonalarida o‘rnatilgan radiatorlarida alohida haroratni belgilash imkoni ham mavjud, chunki omborxona, sportzal, garaj, ustaxonada biroz pasaygan harorat o‘rnatish maqsadga muvofiq.

Germaniyada ishlab chiqarilgan Viessman zamonaviy uskunalari juda aqlli, yuqori samaradorlikka ega, bu energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, gaz va elektr energiyasini iloji boricha maksimal darajada tejash, va atrof-muhitni muhofaza qilish imkonini beradi. Oddiy isitish qozonlaridan asosiy farqlaridan biri - tashqariga chiqadigan qaynoq energiyani o‘zida ushlab qolib, qayta ishlab uy ichiga uzatib berish xususiyati mavjudligi.

Vitodens 050 va Vitodens 100-W uskunalari dizayni har qanday mebel jihozlari bilan birga o‘rnatilganda uyg‘unligi, juda ishonchli va bardoshli, ishlatish uchun qulay, tutun harorati 60 gradusdan oshmaganligi sababli tutun chiqarish metall quvurlar o‘rniga plastik trubalardan foydalanishga imkon beradigan xavfsiz isitish qozoni hisoblanadi:

* Foydalanish davomiyligi. Qozonning asosiy qismi issiqlik almashtirgichi (teploobmennik) maxsus metallning sifati va turi  suvning sho‘rligi va qattiqligi oshganiga qaramay, uskunani o‘nlab yillar davomida ishlatishga imkon beradi. Ushbu qismga kompaniya 10 yil kafolat beradi.

* Avtomatlashtirish. MatriX-Plus innovatsion gorelka kabi zamonaviy texnologiyalar va Lambda Pro yonishni boshqarishning intellektual tizimi gaz ta’minoti darajasini o‘zi tartibga soladi, tejamkorlikni hamda CO2 kam chiqarilishini ta’minlaydi.

* Intuitiv boshqaruv. Svetodiodli displey, sensorli tugmalar yordamida hatto yetarli darajada bilimga ega bo‘lmagan shaxs ham qozonni qulay panel yordamida boshqarishi mumkin.

* Ekologik toza. Ya’ni atrof-muhitga zarar yetkazish darajasi nihoyatda past hisoblanadi.

* Masofadan boshqarish pulti. Uyga kelishingizdan avval uyingiz issiq bo‘lishni xohlaysizmi? Muammo yo‘q - qozon ViCare mobil ilova yordamida osongina boshqariladi.

Agar Siz kam to‘lov bilan uy yoki xonadonni isitish tizimini modernizatsiyalamoqchi bo‘lsangiz, albatta, Viessmann kompaniyasining Vitodens 100-W seriyasidagi yangi osma kondensatsion gaz qozonlarini tanlang!

Bu rusumda hattoki quyosh kollektorlari bilan integratsiyalash imkoniyati mavjud.

Xonadonlar uchun ajoyib yechim izlayotgan bo‘lsangiz ixchamligi va shovqin darajasi pastligi, yuqori unumdorligi bilan ajralib turadigan Vitodens 050-W rusumiga e’tibor qarating!

Isitish qozonlarini tanlashda eng muhim ahamiyatga ega bo‘ladigan omil bu kompaniya tomonidan berilgan rasmiy kafolati hamda kecha-yu kunduz, zudlik bilan ko‘rsatiladigan Servis xizmati tizimi mavjudligi hisoblanadi. Viessmann kompaniyasi bu borada mijozlar haqida qayg‘urgan holda Servis xizmati siyosatini ustuvor deb xisoblaydi. O‘zbekiston bo‘ylab Servis markazlari, malakali mutaxassislar va ehtiyot qismlar ombori yilning istalgan vaqtida hamisha mijozlar xizmatida. Mutaxassislarimiz Germaniya hamkasblarimizdan davomiy tarzda malaka oshirish dasturida qatnashib, o‘z bilimlarini oshirib, isitish qozonlarida uchraydigan barcha nuqsonlarni osonlikcha, vaqt tejagan holda bartaraf etish imkoniyatiga ega.

Xulosa qilib aytganda, “Qish g‘amini yozda ko‘r” iborasini keltirsak juda o‘rinlidir. Qurilish boshlayapsizmi, ta’mirlayapsizmi yoki qozonni zamonaviyroq va ishonchlirog‘iga almashtirmoqchimisiz? Qish faslining anomal sovuqlarini kutib o‘tirmang, darhol +998907995445, +998900211211 telefon raqamlari orqali Viessmann qozonlariga buyurtma bering! Qo‘shimcha konsultatsiya uchun Telegram'ga ham murojaat qilsangiz bo‘ladi!!!

Aytmoqchi, 25 iyulga qadar Vitodens 050 yoki Vitodens 100-W uskunalarini xarid qilsangiz, Siz bepul maslahatlar va ishga tushirish-sozlash xizmatiga, bir yillik bepul servis xizmatini ko‘rsatish va jihoz uchun 2 yillik kafolatga ega bo‘lasiz.

Ko‘proq yangiliklar: