Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi
Davlat komissiyasi bayoni bilan Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.
Ta’lim shakllari kesimida:
- kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 356 ta (davlat granti asosida - 1 746 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 610);
- sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 453 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
- kechki ta’lim shakli uchun – 556 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
- masofaviy ta’lim shakli uchun – 141 ta (to‘lov-kontrakt asosida).
Mavzuga oid

15:16 / 06.03.2025
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi

14:47 / 25.02.2025
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi

13:15 / 11.01.2025
Jurnalistlar halok bo‘lgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi

15:10 / 19.11.2024