Xursandchilik, ko‘zyosh va duolar – yakunlangan Haj mavsumining hayajonli fotolari

Jamiyat 21:14 / 04.07.2023 28529
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi

Saudiya Arabistonida 26 iyundan 2 iyulga qadar davom etgan Haj-2023 mavsumi nihoyasiga yetdi. Qirollik Haj va Umra vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yilda Haj mavsumida mamlakatga 1 million 845 mingdan ortiq ziyoratchilar kelgan.

Ularning 184,1 mingi mahalliy fuqarolar, boshqa davlatlardan kelgan ziyoratchilar soni 1 million 661 mingga yaqin. Umumiy hisobda, Hajga jami 969,6 ming erkak ziyoratchi, 875,3 ming ayol ziyoratchilar tashrif buyurgan.

Haj mavsumida ziyoratchilarga 180 million shishadan ortiq zamzam suvi tarqatildi. Har bir ziyoratchiga Qirollikdan bittadan katta idishda (10 litrlik) Zamzam suvini olib chiqib ketishga ruxsat berilgan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va hidoyat vazirligi tomonidan ziyoratchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan 2 million nusxa Qur’oni Karim kitoblari – Mushaflar tarqatilmoqda.

Mavsum davomida 350 dan ortiq muassasalarda 36 ming shifokor va hamshiralar, 7,6 ming ko‘ngillar xizmat ko‘rsatdi.

Ikki haramdagi ochiq maydonlarni sovitish uchun 242 ta ventilyatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan kuchli bosim bilan sovuq suv tuman ko‘rinishida sepilgan.

Shunga qaramay, minglab ziyoratchilar arab diyorining quyoshidan soyabonlar bilan himoyalanmoqda.

Mino vodiysida tiklangan chodirlar va ziyoratchilar uchun mo‘ljallangan avtobuslar.

Shaytonga tosh otayotgan ziyoratchilar.

Bu yil O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq ziyoratchilar Hajga borgan. Hojilar bugun 4 iyuldan boshlab 22 iyulga qadar O‘zbekistonga qaytib kelishi kutilmoqda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi

Shuningdek, mavsumda Hajga ruxsatnomasi bo‘lmagan 202 mingdan ortiq kishilar hamda qariyb 129 ming avtomobil Makkaga kirish punktlaridan qaytarilgan.

Haj va Umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Robianing ma’lum qilishicha, 2023 yilda qirollikka kelgan umra ziyoratchilari soni o‘n milliondan oshdi, bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: