O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yil 1 iyun holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 807 tani tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilyapti – 2 884 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan korxonalar soni mos ravishda 1 823 ta hamda 1 771 ta bo‘lgan Xitoy va Turkiya joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
— Qozog‘iston – 957 ta;
— Janubiy Koreya – 703 ta;
— AQSh – 296 ta;
— Tojikiston – 250 ta;
— Qirg‘iziston – 245 ta;
— Ozarboyjon – 207 ta;
— Germaniya – 200 ta;
— Turkmaniston – 130 ta.
Mavzuga oid

14:41 / 28.02.2025
O‘zbekistonda korxonalar soni keskin kamaymoqda

09:04 / 26.02.2025
Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

15:38 / 13.02.2025
Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi

12:17 / 11.02.2025