Yevropa Markaziy banki bazaviy foiz stavkalarini oshirdi
Yevropa regulyatori inflatsiyaga qarshi kurash maqsadida bazaviy stavkalarni yana 0,25 foizga oshirdi.

Foto: AFP
Yevropa Markaziy banki (YeMB) yuqori inflatsiyaga qarshi kurashda bazaviy foiz stavkalarini yana 0,25 foizga oshirdi. Tijorat banklari YeMBdan qarz olishi mumkin bo‘lgan asosiy stavka 4 foizga, depozitlar bo‘yicha bazaviy stavka esa 3,5 foizgacha oshirildi, deb xabar berdi regulyator 15 iyun, payshanba kuni.
"Inflatsiya pasaydi, lekin uzoq vaqt davomida yuqori darajada qoladi", - deyiladi YeMB bayonotida. Regulyator yevrohudud mamlakatlarida inflatsiya va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha uch oylik prognozlarni mos ravishda yuqoriga va pastga qarab o‘zgartirdi.
Joriy yil uchun YeMB inflatsiyani 5,4 foiz (mart prognozi - 5,3), 2024 yil uchun - 3 (mart - 2,9), 2025 yil uchun - 2,2 foiz (mart - 2,1) darajasida bashorat qilmoqda. O‘rta muddatli istiqbolda Yevropa Markaziy banki har yili taxminan ikki foizga o‘sish bilan barqaror narxlarni kutmoqda.
Agar mart oyida YeMB bu yil yevrohududdagi iqtisodiy o‘sishni bir foiz darajasida bashorat qilgan bo‘lsa, hozir u atigi 0,9 foiz darajasida. Kelgusi yilda regulyator yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizga o‘sishini kutmoqda (mart oyidagi prognoz - 1,6). Regulyatorning 2025 yil uchun yevrohududda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlari o‘zgarmadi (yalpi ichki mahsulotning kutilayotgan o‘sishi - 1,6 foiz).
Mavzuga oid

15:23 / 07.03.2025
Zelenskiyning afsusi, Putinning talablari va so‘roq ostidagi NATO - geosiyosiy hafta tahlili

08:36 / 07.03.2025
Yevrokomissiya rahbari Yevropa xavfsizligi uchun «burilish nuqtasi»ni ko‘rmoqda

21:16 / 05.03.2025
Yevropaga o‘z mustaqil mudofaa tizimini qurish uchun kamida 10 yil kerak - The Economist

22:30 / 02.03.2025