Chimyonda adashib qolgan fuqaro dengiz sathidan 2800 metr balandlikda topildi

Jamiyat 17:57 / 16.06.2023 22328

Bugun, 16 iyun kuni soat 11:40 Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga bir nafar fuqaro dam olish maqsadida chiqib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan. 

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan. 

Tezkor olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqaro Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 2800 metr balandligidan topilgan va sog‘-salomat pastga olib tushilgan.

Ko‘proq yangiliklar: