Vashington shahrida Amerika–O‘zbekiston biznes-forumi o‘tkaziladi

Iqtisodiyot 09:25 / 13.06.2023 28727

Tadbirda Amerikaning nufuzli kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, AQSh Davlat departamenti va Savdo vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Amerika-O‘zbekiston Savdo palatasi (AUCC) raisi Kerolin Lemm O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar, xususan, ishbilarmonlik muhiti va hukumat tomonidan xalqaro investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni baholadi. “Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish tarafdori sifatida men Amerika kompaniyalarini O‘zbekistonda biznes yuritish istiqbollarini mustahkamlashga va ularni o‘zbek bozoriga ko‘proq sarmoya kiritishga chaqiraman”, deb qo‘shimcha qildi K.Lemm.

Silverleafe Capital Partners prezidenti Den Pattersonning so‘zlariga ko‘ra, Amerika brendlari tomonidan O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirilayotgani respublika to‘qimachilik mahsulotlari sifati va raqobatbardoshligiga bo‘lgan ishonchdan dalolat beradi. Shu munosabat bilan Silverleafe prezidenti O‘zbekiston to‘qimachilik kompaniyalari va Amerika brendlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

CNH Industrial kompaniyasi vitse-prezidenti Stiv Nadernining so‘zlariga qo‘ra, CNH Industrial ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnikasi va tajribalarini taqdim etish orqali O‘zbekiston ushbu soha sanoatini modernizatsiya qilish va unumdorligini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. S.Naderni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan zavod va fabrikalar jihozlarini modernizatsiya qilishda o‘zbek hamkorlar bilan faol hamkorlikni davom ettirishni bildirdi.

Tadbir yakunida AUSS va AQSh kompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlashlarini, Amerika kompaniyalarini respublika bozoriga kirishga undashlarini va yangi investitsiya loyihalari ustida ishlashda davom etishlarini ta’kidladilar. Amerika tomoni bilan AUSS tashkil etilganining 30 yilligi arafasida joriy yilning sentabr oyida Vashington shahrida “Amerika–O‘zbekiston biznes-forumi”ni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: