Rossiya Mudofaa vazirligi 7 ta ko‘ngillilar bo‘linmasi bilan shartnoma imzoladi
Rossiya Mudofaa vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ko‘ngilli hujumkor korpusning uchta brigadasi va to‘rtta alohida otryadi vazirlik bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti
“Bugun ko‘ngilli hujumkor korpusning 3 ta brigadasi va 4 ta alohida otryadi maxsus harbiy operatsiya zonasida Rossiya Federatsiyasi mudofaasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish bo‘yicha shartnomalar imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Idoraning ta’kidlashicha, ushbu shartnoma maxsus operatsiya zonasidagi ko‘ngillilar bo‘linmalarining faoliyatini huquqiy tartibga solish hamda ko‘ngillilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirishni belgilaydi.
Hujjatni Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-leytenant Vladimir Alekseyev hamda ko‘ngillilar korpusining yettita otryad va brigada komandirlari imzoladi.
10 iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu ko‘ngillilar tashkilotlarining xizmat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi buyruqni imzoladi.
Mavzuga oid

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025