Markaziy bank 17ta tijorat bankini ogohlantirdi
May oyida Markaziy bank tomonidan 17ta tijorat banki va 2ta nobank kredit tashkiloti ogohlantirilgan. Shuningdek, 1ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima chorasi qo‘llangan hamda 3ta to‘lov tashkilotining litsenziyasi chaqirib olingan.

Foto: KUN.UZ
Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yilning may oyida 8 ta yig‘ilish o‘tkazilib, ularda jami 40 ta masala muhokama qilingan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘tkazilgan yig‘ilishlar yakuni bo‘yicha 17ta tijorat banki va 2ta nobank kredit tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli ogohlantirilgan, 1ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima chorasi qo‘llangan hamda 3ta to‘lov tashkilotidan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarini chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
“Ayrim tijorat banklari boshqaruvlari zimmasiga ortiqcha undirilgan komission haqlarni mijozlarga qaytarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kredit axborotining davlat reyestriga haqqoniy ma’lumotlarni uzatish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatni sog‘lomlashtirish hamda iqtisodiy sanksiyalar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir talablarga rioya etish vazifalari yuklatildi”, deyiladi regulyator xabarida.
Mavzuga oid

18:43 / 05.03.2025
Kredit olishni o‘ziga taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi

17:22 / 05.03.2025
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatga aylandi

16:49 / 27.02.2025
25 yil oldingi 100 ming so‘m hozir qanchaga teng? – MB inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

12:29 / 14.02.2025