Bloomberg: Rossiyaning GPS signalini to‘sib qo‘yishga urinishi Finlandiya va Boltiqbo‘yi ustidan uchayotgan samolyotlarga xalaqit beryapti
Bir qator dron hujumlaridan so‘ng Rossiyaning GPS signallarini to‘sib qo‘yishga urinishlari Estoniyadagi navigatsiya tizimiga xalaqit beryapti. Bloomberg agentligining Estoniya transport departamenti xatiga tayanib xabar berishicha, to‘sib qo‘yish manbasi Estoniya va Finlandiya bilan chegaradosh Leningrad viloyatida joylashgani taxmin qilinmoqda.

Foto: Thomas Nilsen / The Independent Barens Observer
GPS ishidagi nosozlik Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Finlandiyaga uchayotgan samolyotlar uchuvchilariga xalaqit berishi sababli navigatsiyaning muqobil usullaridan foydalanishga to‘g‘ri kelyapti. Estoniya rasmiylarining xatida aytilishicha, bu yerusti harakatiga hozircha ta’sir qilmagan. Estoniya rasmiylari fikricha, GPS signallari to‘silishi - Rossiyaning o‘z hududidagi strategik obektlarni himoya qilishga urinishi.
Finlandiya havo transporti boshqarmasi fin uchuvchilari muqobil navigatsiya tizimlaridan foydalanayotgani va tijorat reyslari jadvalga muvofiq amalga oshirilayotganini tasdiqladi.
3 mayga o‘tar kechasi Kreml hududida ikkita dron portladi. Rossiya hukumati Ukrainani davlat rahbari qarorgohiga hujum qilishga uringanlikda aybladi. Shundan so‘ng Moskvadan GPS ishidagi nosozliklar haqida xabarlar kela boshladi. Xususan, taksini rivojlantirish bo‘yicha jamoat kengashi matbuot xizmati The Insider nashriga ma’lum qilishicha, taksi haydovchilari bunday nosozliklar bo‘yicha shikoyat qilishgan.
Mavzuga oid

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025
Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

18:59 / 06.03.2025