«Kambag‘allar uchun Lamborghini Urus». Xitoyda Changan Deepal S7 krossoverini ishlab chiqarish boshlandi

Fan-texnika 15:48 / 06.06.2023 76563

Krossover uchun komplektatsiyasiga qarab 24 250 dan 34 250 dollargacha narx belgilangan. Deepal S7 o‘z sinfidagi BYD Song Plus DM-i va Haval Xialong Max bilan raqobat qilishi aytilmoqda. Mutaxassislar ko‘ra, Deepal S7 raqobatchilaridan ustunlikka ega: uning tashqi dizayni Lamborghini Urus’ni (narxi 239 ming dollardan boshlanadi) eslatib yuboradi.

218 ot kuchini beradigan elektromotorli versiyasi 100 km tezlikka 6,7 soniyada erishadi. To‘la quvvat bilan 520-620 km masofa bosib o‘tishi mumkin. Shuningdek, modelning gibrid komplektatsiyaci ham mavjud. Uning dvigateli esa biroz kuchliroq — 238 ot kuchi.

Mashinaning uzunligi 4750 mm, eni 1930 mm, bo‘yi 1625 mm, g‘ildiraklar bazasi bo‘lsa 2900 mmni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: