Toshkent shahrida yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuz berdi

Jamiyat 10:40 / 04.06.2023 25598

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan maktablarning birida yuz bergan janjal bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 23 may kuni taxminan soat 11:00 larda Chilonzor tumanida joylashgan maktablardan birining oldida 10-sinf o‘quvchilari A.X. va D.O‘. shu maktabning 9-sinf o‘quvchilari Sh.E. va I.T. bilan o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashgan.

Janjal oqibatida Sh.E. va I.T. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchilarga sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.   

Ko‘proq yangiliklar: