Hindistondagi eng dahshatli poyezd halokatlari

Jahon 22:16 / 03.06.2023 21113

2 iyun kuni Hindistonning Odisha shtatida uchta poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 300 ga yaqin inson halok bo‘ldi, mingga yaqini jarohatlandi. Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, qurbonlar soni yanada oshishi mumkin. Jabrlanganlarga yordam berish uchun 110 ta tez yordam mashinasi yo‘naltirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea tezyurar poyezdning 10-12 ta vagoni relsdan chiqib ketishi tufayli sodir bo‘lgan. Vagonlar parallel yo‘lda ketayotgan yuk poyezdiga borib urilgan. Keyin ular bilan yana bir yo‘lovchi poyezdi to‘qnashgan.

Odisha shtatida yuz bergan fojia Hindiston tarixidagi texnogen falokatlarning yagonasi emas. Afsuski, bu mamlakatda temiryo‘l transporti bilan bog‘liq dahshatli avariyalar muntazam sodir bo‘lib turadi.

Bihar shtatidagi poyezd halokati (Chrontime)

1981 yil iyun. Haddan tashqari to‘la yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni siklon paytida izdan chiqib ketib, daryoga qulashi oqibatida kamida 800 kishi halok bo‘ldi.

1988 yil iyul. Hindiston janubidagi Kuilon yaqinida tezyurar poyezd relsdan chiqib ketdi va ko‘lga quladi. Oqibatda kamida 106 kishi halok bo‘ldi.

Uttar-Pradesh shtatidagi poyezd halokati (Getty Images)

1995 yil avgust. Dehlidan 200 km uzoqlikda, Uttar-Pradesh shtatida ikkita poyezdning to‘qnashishi oqibatida kamida 350 kishi halok bo‘ldi.

Panjob shtatidagi poyezd halokati (Getty Images)

1998 yil noyabr. Panjob shtatida yo‘lovchi va pochta poyezdi to‘qnashishi oqibatida 201 odam halok bo‘ldi va 230 dan ortiq kishi jarohat oldi.

G‘arbiy Bengaliya shtatidagi poyezd halokati (Getty Images)

1999 yil avgust. G‘arbiy Bengaliya shtatida ikkita poyezd to‘qnashib ketdi, kamida 288 kishi halok bo‘ldi, 400 dan ortig‘i jarohatlandi.

2005 yil oktabr. Janubdagi Andxra-Pradesh shtatida yo‘lovchi poyezdining bir nechta vagonlari relsdan chiqib ketdi. Kamida 77 kishi halok bo‘ldi.

2011 yil iyul. Fotihpurda pochta poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida 70 ga yaqin odam halok bo‘ldi va 300 dan ortiq kishi jarohat oldi.

2016 yil noyabr. Uttar-Pradesh shimolidagi tezyurar poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 150 ga yaqin odam halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi jarohatlandi.

2017 yil yanvar. Janubdagi Andxra-Pradesh shtatida yo‘lovchi poyezdining bir nechta vagonlari relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 41 kishi halok bo‘ldi.

Amritsar shahridagi falokat (Getty Images)

2018 yil oktabr. Hindiston shimolidagi Amritsar shahrida festival maqsadida temiryo‘lda to‘plangan olomonni poyezd urib yubordi. Oqibatda kamida 59 kishi halok bo‘ldi va 57 kishi jarohatlandi.

Ko‘proq yangiliklar: