Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratishini ma’lum qildi
Toshkent shahridagi Congress Hall majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’yezdi boshlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar qatnashmoqda. S’yezdda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Tadbirda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda. U beshta strategik maqsaddan iborat.
Birinchisi — ta’lim, ya’ni har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish.
Eng avvalo, 2030 yilga qadar maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi. Bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanadi. Kelgusi 7 yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish zarur. Shu maqsadda, «Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni» dasturi amalga oshiriladi.
Xususiy ta’limga qo‘shimcha yengilliklar beriladi. Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan to‘liq ta’minlanadi.
Chekka hududlarda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan «til egalari» bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi.
Mavzuga oid

09:21 / 10.03.2025
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

15:53 / 28.02.2025