Nvidia 2023 yil 30 may kuni bozor kapitali 1 trillion dollar bo‘lgan eksklyuziv kompaniyalar qatoriga qo‘shildi, chunki grafik chip ishlab chiqaruvchisi sun’iy idrokdan (SI) foydalanishga talab oshayotganidan katta foyda ko‘rmoqda. Bu haqda AP xabar berdi.
Endi Nvidia 1 trillion dollarlik klubda Alphabet, Apple va Microsoft kabi texnologik gigantlarga hamrohlik qiladi. 30 may kuni o‘tkazilgan savdolarda uning aksiyalari 5 foizga oshib, bir aksiya narxi 408 dollarga yetdi.
O‘tgan haftada videoo‘yinlar va sun’iy idrok uchun grafik chiplar ishlab chiqaruvchi Nvidia chorak yakuniga ko‘ra 2 milliard dollardan ortiq daromad olgani, sof tushum 7 milliard dollar bo‘lgani haqida xabar berdi. Bu esa Uoll-strit bashoratlaridan ancha yuqori.
Nvidia 1993 yilda tashkil etilgan va dastlab 3D grafika va o‘yinlar bilan shug‘ullangan.
Nvidia chiplari robototexnika va metakoinotdan tortib tibbiy vizualizatsiya va video tahlillargacha bo‘lgan ilovalarda qo‘llanadi.