AQSh yangi sanksiyalar doirasida «Rossiya dezinformatsiyasiga» qarshi kurashmoqchi 

Jahon 23:22 / 30.05.2023 14115

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketi dronlarni yetkazib berishga va «Rossiya dezinformatsiyasiga» qarshi kurashga qaratilgan bo‘lib, tafsilotlar 31 may kuni e’lon qilinadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi. 

«Ertaga biz Ukraina fuqarolari va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi reydlarda foydalanilgan Eron dronlarida topilgan texnologiyalar bo‘yicha eksport nazoratini kuchaytiruvchi, shuningdek, Rossiyaning dezinformatsiyasiga qarshi kurashuvchi yangi choralarni e’lon qilamiz», dedi Blinken. 

«Oxirgi ikki yil davomida qilgan ishimiz, jumladan, eksport nazorati sohasidagi choralar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi strategik muvaffaqiyatsizlik bo‘lib qolishi uchun juda muhim», dedi davlat kotibi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni Shvetsiyaning Luleo shahrida bo‘lib o‘tadigan AQSh-Yevropa Ittifoqi savdo va texnologiya kengashi yig‘ilishida shunday masalalar ko‘tariladi. 

«Shuningdek, biz iqtisodiy majburlash va bozordan tashqari iqtisodiy siyosat va amaliyotlarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni muhokama qilamiz», deb qo‘shimcha qildi Blinken. 

Ukrainada foydalanish uchun Eron dronlarining Rossiyaga yetkazilishini Moskva va Tehron muntazam ravishda rad etib kelmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: