O‘zbekiston | 08:43 / 29.05.2023
3225
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda “YeI – Markaziy Osiyo” formatidagi tadbirlarga tayyorgarlik muhokama qilindi

Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo AA

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi  hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama va mintaqalararo shaklda bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.

Bo‘lajak “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti kun tartibi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish amaliyotini davom ettirishga kelishib olindi.

 

Mavzuga oid