Farg‘ona viloyatidagi Quvasoy shahrida Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh avtotransporti va tez tibbiy yordam mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan dastlabki surishtiruvlar jarayonida, tezkor harakatlanuvchi guruh haydovchisi boshqaruvidagi avtotransport vositasi Quvasoy shahar A.Navoiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan tez tibbiy yordam bo‘limining "Damas" avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi ma’lum bo‘lgan.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati olishgan.
Holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.