«Barsa» afsonalari bilan xayrlashdi, APLda mavsum tugadi. Kun o‘yinlari

Sport 12:43 / 29.05.2023 36645

Angliya: «Liverpul»ning aql bovar qilmas o‘yini

Arsenal — Vulverhempton 5:0
Gollar:
Jaka (11, 14), Saka (27), Jyezus (58), Kivior (78). 
Arsenal – Remsdeyl, Gabriel, Uayt, Kivior (Tirni, 80), Jaka (Viyeyra, 75), Jorjino, Edegor (Smit-Rou, 75), Parti, Saka (Nelson, 60), Trossard (Nketia, 80), Jyezus.
Vulverhempton – Sa, Semedu, Kollinz, Kilmen (Gomesh, 68), Bueno (Ait-Nuri, ), Lemina, Nunesh, Gomes (Hoj, 85), Traore, Ximenes, Hvan (Traore, 67).

«Arsenal» mavsumning so‘nggi o‘yinida tom ma’noda boy berilgan chempionlik uchun uzr so‘rashga harakat qildi. «Kanonirlar» shunday o‘yin ko‘rsatishdiki, bu o‘yindan keyin muxlislar, mavsum chempionliksiz yakunlangan bo‘lsa-da, jamoa o‘yinidan bahra olishdi. Qolaversa, bu londonliklarning so‘nggi yillardagi eng yorqin mavsumi bo‘ldi.

Bu chempionatda ko‘pchilik bir bosh baland sakradi, jumladan, yakshanba kuni dubl qayd etib, gollari sonini yettitaga yetkazib qo‘ygan Chaka ham. Shveytsariyalik yarimhimoyachi bungacha 2018 yildan buyon oldingi to‘rt mavsumda jami yetti gol urgandi. Yana bir ajoyib raqam — birdaniga ikki futbolchi golli uzatmalari sonini 10 tadan oshirdi. Saka bilan barchasi tushunarli bo‘lsa, Trossar bu normani yarim mavsumda bajarib qo‘ydi - belgiyalik yarimhimoyachi yanvar oyida «Brayton»dan «Emireyts»ga ko‘chib o‘tgandi.

Manchester Yunayted — Fulhem 2:1
Gollar:
Sancho (39), Fernandesh (55) — Tete (19). 
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Mitrovich (25). 
Manchester Yunayted – De Xea, Dalot, Maguayr, Lindelyof, Malasia, Kazemiro (Maktominey, 67), Fred (Eriksen, 66), Brunu Fernandesh (Pelistri, 84), Sancho, Garnacho (Marsiyal, 67), Reshford (Vegorst, 77).
Fulhem – Leno, Tete, Adarabioyo, Diop, Robinson, Kerni (Jyeyms, 80), Uilson (Solomon, 66), Lukich (Rid, 66), Palinya, Villian, Mitrovich (Vinisius, 80).

«Chelsi»ga qarshi yorqin g‘alabadan keyin Chempionlar ligasi yo‘llanmasini hal qilgan «MYu» biroz xotirjamlikka berildi. «Qizil iblislar» «Fulhem»ga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limdayoq 0:2 hisobida ortda qolishi mumkin edi, ammo hech qachon 11 metrlik zarbalar bo‘yicha mutaxassis hisoblanmagan De Xea Mitrovichning zarbasini ajoyib seyv ijro etgan holda qaytardi. Ispaniyalik darvozabonning dueldagi raqib bo‘yicha omadi ham keldi, chunki serbiyalik hujumchi bu mavsumda sakkiz penaltidan faqat to‘rttasini aniq ijro etgan.

Bu burilish nuqtasi vazifasini o‘tadi, qolganini Brunu Fernandeshning o‘zi uddaladi. Portugaliyalik futbolchi avvaliga Sancho gol urgan hujumni tashkillashtirib berdi, keyin esa o‘zi g‘alaba golini urdi. Bu «MYu»ga uchinchi o‘rinda qolish imkonini berdi.

Chelsi — Nyukasl 1:1
Gollar:
Tripper (27, avtogol) — Gordon (9). 
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Silva, Chaloba (Fofana, 46), Holl, Loftus-Chik (Chukvuemeka, 60), Gallaher (Kovachich, 70), Fernandes, Haverts (Felish, 59), Madueke (Pulishich, 88).
Nyukasl – Tripper, Targett (Bern, 75), Anderson (Mayli, 76), Sen-Maksimen (Uilson, 69), Gordon (Merfi, 69), Isak (Lyuis, 88).

Lekin jamoaga durang ham yetarli bo‘lishi mumkin edi, Frenk Lempardning «Chelsi» bilan xayrlashuv o‘yinida ko‘klar murabbiy uchun o‘ynab berishdi va «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. To‘p Tripper orqali darvoza kirganida ularning omadi ham keldi. Ammo nima bo‘lganda ham londonliklar qo‘rqinchli tushdek kechgan bu mavsumni imkon qadar tezroq unutishni istashadi. To‘plangan 44 ochko — jamoaning 1988 yildan buyon qayd etilgan eng yomon natijasi, o‘shanda «Chelsi» quyi divizionga tushib ketgandi. Bu safargi 14-o‘rin esa — 29 yillikdagi eng past natija. Todd Boeli tarixga kirishi aniq.

Sauthempton — Liverpul 4:4
Gollar:
Uord-Prouz (19), Sulemana (28, 48), A.Armstrong (64) — Jota (10, 73), Firmino (14), Gakpo (72). 
Sauthempton – Makkarti, Bri, Bednarek, Voynovich, Uoker-Piters, Elyunussi (Armstrong, 64), Uord-Prouz, Alkaras, Lavia (Armstrong, 63), Sulemana (Bellard, 86), Uolkott (Livramento, 77).
Liverpul – Kelleher, Aleksander-Arnold, Matip, Gomes, Milner, Jons (Gakpo, 57), Saloh, Jota.

«Liverpul» ikki to‘p ustunligiga qanchalik oson erishgan bo‘lsa, shunchalik osonlik bilan APLni allaqachon tark etgan «Sauthempton»ga bu farqni yo‘qqa chiqarish imkonini berdi. Roberto Firmino o‘zining xayrlashuv o‘yinida ham gol urdi, ammo keyinroq uning to‘p yo‘qotishidan foydalangan raqib hisobni tenglashtirdi. Lekin bu hali boshlanishi edi. Eshikni qattiq yopib ketishga qaror qilgan «avliyolar» yorqin va quvnoq o‘yin namoyish etishdi. Bu jamoa allaqachon turnirda qolish imkoniyatini yo‘qotganiga ishonish qiyin edi. Ammo mezbonlarning zaxirasi butun mavsumga yetmagandi va Yurgen Klopp buni alohida o‘yinda ham ko‘rsatib qo‘ydi. Ikki daqiqa ichidagi ikki gol o‘yinni kunning voqealarga eng boy o‘yiniga aylantirdi, Aleksandr-Arnold esa 54-golli uzatmasi bilan APL tarixidagi eng yaxshi assistent himoyachilar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa chiqdi, undan oldinda esa jamoadoshi Roberson (57) joylashgan.

Lids — Tottenhem 1:4
Gollar:
Harrison (67) — Keyn (2, 69), Porro (47), Moura (90+5). 
Lids – Robles, Eyling, Kuper, Veber (Firpo, 60), Kristensen, Streyk (Aaronson, 59), Makkenni (Ryutter, 60), Kox, Harrison (Nonto, 88), Forshou, Rodrigo.
Tottenhem – Forster, Porro (Moura, 90), Emerson, Langle, Sanches, Devis, Bissuma (Kreyg, 77), Skipp (Ebbott, 90), Kulusevski (Sarr, 67), Keyn, (Risharlison, 76).

«Tottenhem» baribir yevrokuboklarsiz qoldi va Konferensiyalar ligasiga yo‘llanma olgan «Aston Villa»ni quvib yeta olmadi. Ammo «shporlar» «Lids» muxlislarining kayfiyatini oxirigacha buzishdi va Sem Ellardaysni chempionshipga jo‘natdi. Buning uchun eng ko‘p ishni Keyn amalga oshirdi. Forvard o‘zi hisobni ochdi, Pedro Porroning goliga assistentlik qildi, keyin esa mavsumdagi gollari sonini 30 taga yetkazib qo‘ydi. Vaziyatning unikalligi shundaki Harri — turnir tarixida ikki bor kamida 30 tadan gol urib ham mavsuning eng yaxshi to‘purariga aylana olmagan yagona futbolchidir. «Tottenhem» forvardi besh yil muqaddam Salohdan (32) ortda qolgandi, endi esa — Holanddan (36).

Ispaniya: 49 soniyadagi gol

Atletiko — Real Sosedad 2:1
Gollar:
Grizmann (37), Molina (73) — Syorlot (88). 
Atletiko – Grbich, Molina, Ximenes, Ermoso, Vitsel, Regilon (Korrea, 70), Saul, Karrasko, Koke, De Paul (Barrios, 81), Grizmann.
Real Sosedad – Remiro, Elustondo (Gorosabel, 59), Le Norman, Subeldiya, Munyos, Kubo (Fernandes, 71), Ilyarramendi (Cho, 71), Merino (Mendes, 59), Subimendi, Syorlot, Oyarsabal (Barrenechea, 59).

La ligada mavsum yakuniga bir tur qolganida Chempionlar ligasi yo‘llanmalari masalasi uzil-kesil hal bo‘ldi. So‘nggi yo‘llanmani «Real Sosedad» o‘ziniki qildi, lekin ushbu jamoaning yetti uchrashuvdan iborat mag‘lubiyat seriyasi «Atletiko» maydonida to‘xtatildi. Basklarga «Rayo Valekano» jamoasi yordam berib yubordi, Madrid atrofidagi bu jamoa «Vilyarreal»ning orzulariga barham berdi (2:1) — «sariq submarinalar» endi Yevropa Ligasi bilan ovunishiga to‘g‘ri keladi. Va, aytish kerakki, Unai Emeri mavsum o‘rtasida qoldirib ketgan jamoa uchun bu yaxshi natija. Bunday yo‘qotish Kike Setenning sifatli ishi bilan yopildi.

Barselona — Malorka 3:0
Gollar:
Fati (1, 24), Gavi (70). 
Barselona – ter Stegen, Balde (Roberto, 17), Kristensen, Kunde, Alba (Alonso, 81), Buskets (Garsiya, 85), de Yong, Gavi, Dembele (Torres, 84), Fati (Rafinya, 79), Levandovski.
Malorka – Greyf, Maffeo, Valent, Kopete, Gayya (Grene, 46), Kosta (K.Rodriges, 87), D.Rodriges (Anxel Rodriges, 72), Morlanes (Gonsales, 86), Baba, Muriki (Prats, 79), Ndiayye.
Chetlatish: Ndiayye (14).

«Barselona» chempionlikdan keyin qatorasiga ikki o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, ammo «Kamp Nou»dagi mavsumning so‘nggi o‘yiniga ko‘k-anorranglilar ideal darajada tayyorlandi. Shunchalikki, Fati 49-soniyadayoq hisobni ochdi. Lekin bu ham klubning joriy asrdagi rekordi bo‘la olmadi — rekord o‘n to‘rt yil muqadda Inesta tomonidan o‘rnatilgandi, u bundan olti soniya ertaroq gol urishga ulgurgandi.

Fatining o‘yindagi ikki golidan birinchisi chiroyli kombinatsiya natijasi bo‘ldi - Gavining ichkaridan yetkazib bergan uzatmasini Levandovski bir teginishda bo‘sh qoldirilgan Ansuga uzatdi va hujumchi to‘pni shunchaki darvoza to‘riga yo‘naltirishi qolgandi. Umuman olganda, Xavi jamoasi muxlislar bilan yorqin shou uyushtirgan holda xayrlashdi. O‘yin yakunlanganidan keyin esa jamoa afsonalari — Buskets va Jordi Alba bilan ta’sirli xayrlashuv marosimi ham uyushtirildi.

Lekin maydonda barchasi silliq kechmadi. Mezbonlar o‘yin ikki tomonning to‘liq tarkibda o‘ynashiga qarshi emasdi, ammo 13-daqiqada Ndiayye Baldega qarshi o‘ta qo‘pol harakat qilib, maydondan chetlatildi. Kataloniyaliklarning mavsum kashfiyotiga aylangan himoyachisi esa maydonni jamoadoshlariga suyangan holda tark etishiga to‘g‘ri keldi. U ancha muddatga safdan chiqqandek ko‘ringandi, ammo so‘nggi xabarlarga ko‘ra, himoyachi 6-7 hafta ichida tiklanadi.

Italiya: qarilik bilmas Jiru

Bolonya — Napoli 2:2
Gollar:
Fergyuson (63), de Silvestri (84) — Osimhen (14, 54). 
Bolonya – Skorupski, Posh (De Silvestri, 74), Bonifatsi (Medel, 74), Lukumi, Kambyazo, Sxauten, Ebisher (Sansone, 60), Dominges, Fergyuson, Barrou (Moro, 61), Arnautovich (Zirkzeye, 60).
Napoli – Gollini, Bereshinski, Rrahmani, Kim (Jyezus, 78), Olivera, Lobotka, Zelinski (Gaetano, 87), Zambo-Angissa, Kvaratsxeliya (Raspadori, 66), Dzerbin (Zedadka, 79), Osimhen (Simeone, 66).
Ogohlantirishlar: Kim (39), Rrahmani (66), Dominges (67), Bereshinski (80).

A seriyaning eng yaxshi to‘purari o‘z faoliyatidagi eng oddiy gollardan birini urdi. Barchasi «Bolonya» darvozaboni Skorupski oddiy holatda to‘pni jarima maydoniga kirib kelgan «Napoli» hujumchisiga tashlab berishi tufayli bo‘ldi, bu vaziyatda hujumchida to‘pni bo‘sh darvozaga kiritib qo‘yishdan boshqa variant yo‘q edi. Ammo Osimxen shu kuni dubl qayd etgan bo‘lsa-da, u bu chempionlik mavsumida oldingi ikki mavsumdagidan (24 gol) ko‘proq gol urmoqda (25), janubliklar g‘alabani saqlab qola olishmadi. Skudetto qo‘lga kiritilganida beri Luchano Spalletti faqat o‘z maydonida g‘alaba qilmoqda, safar o‘yinlarida esa zafar quchgani yo‘q, bu seriya Udinedagi oltin o‘yindan boshlangandi. «Bolonya» chempionga qarshi o‘yinda ikki to‘ farqini yo‘qqa chiqardi.

Yuventus — Milan 0:1
Gol:
Jiru (40). 
Yuventus – Shchensni, Danilo, Bremer (Bonuchchi, 82), Gatti, Kuadrado, Kostich (Paredes, 63), Di Mariya (Milik, 63), Rabo, Lokatelli, Keza, Ken (Ayling, 73).
Milan – Menyan, Kalabriya (Kalulu, 86), Tomori, Tiav, Ernandes, Krunich, Dias (Pobega, 82), Tonali, Leau (Ballo-Ture, 82), Messias (Salemakers, 56), Jiru (Origi, 86).
Ogohlantirishlar: Messias (34), Kuadrado (56), Krunich (64).

«Yuventus»dan o‘n ochko olib tashlangani Turindagi bahsning ahamiyatini yo‘qotdi. Bu haqda e’lon qilingan kuni shok holatiga tushgan byankonerilar «Empoli» maydonida 1:4 hisobida yutqazishgandi. «Milan»ga qarshi o‘yinda ham ochko olishning imkoni bo‘lmadi, holbuki «Keksa sinora» bu jamoaga qarshi so‘nggi besh o‘yinda yutqazmagandi. Yakshanba kungi muvaffaqiyat Stefano Pioli jamoasiga keyingi mavsumda ham Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun yo‘llanmani kafolatladi.

Jiru esa Italiyada navbatdagi yoshligini o‘tkazmoqda. U 36 yoshida bu chempionatda 12 gol urdi va bu uning «Arsenal»da olti yil muqaddam ko‘rsatgan sermahsulligidan buyon eng yaxshi natijasi.

Kun statistikasi

  • «Latsio»ning uch nafar yarimhimoyachisi — Milinkovich-Savich, Dzakkani va Felipe Anderson kamida sakkiztadan gol urdi. Bu top-5 ligalardagi eng yaxshi ko‘rsatkich, ammo shuni hisobga olish kerakki, Anderson Immobilening jarohatidan keyin «burgutlar»ning markaziy hujumchisi vazifasini bajarib turgandi.
  • «Lids» Angliya yuqori divizionini 7-bor tark etdi. Bir mavsumdagi 31 ochko — jamoaning 1947 yildan buyon eng yomon natijasi.
  • «Lester» 12-bor ligani  tark etdi — bu Angliya futboli tarixida «Birminghem» bilan birga eng past ko‘rsatkich.
  • «Verona» bu mavsumda hisobda oldinga chiqib olgan o‘yinlarida 26 ochko yo‘qotdi. Bu A seriya jamoalari uchun eng yomon ko‘rsatkich.
  • Angliya chempionatining bu mavsumidagi 1073-golni «Everton» yarimhimoyachisi Dukure urdi. Bu orqali APLda sermahsullik bo‘yicha to‘rt yil oldingi rekord yangilandi.
Ko‘proq yangiliklar: