Serbiya armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirildi

Jahon 10:54 / 27.05.2023 10071

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat armiyasini to‘liq jangovar shay holatga keltirdi va uning bo‘linmalariga Kosovo bilan chegaraga yaqinlashishni buyurdi. Bu haqda 26 may, juma kuni Reuters xabar berdi.

"Shoshilinch ravishda qo‘shinlarni Kosovo bilan chegaraga o‘tkazish buyurildi", - deya izoh berdi bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa vaziri Milosh Vuchevich vaziyatga.

Avvalroq Kosovo shimolidagi etnik serblarning kichik guruhlari yangi saylangan amaldorlar kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun munitsipalitet binolariga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yishga urinib, politsiya bilan to‘qnashgan, deb xabar berdi AP. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan, bir nechta mashina yoqib yuborilgan.

Kosovo shimolidagi vaziyat 25 may kuni mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi rahbarlari – kosovo albanlari tomonidan qasamyod qabul qilinganidan keyin yanada murakkablashdi, deya ta’kidladi “Interfaks” agentligi.

Unga ko‘ra, politsiya zirhli mashinalari kolonnalari Kosovsk-Mitrovitsa, Leposavich, Zubin-Potokdagi hukumat binolari tomon yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: