Jazirama issiqlar insoniyatga iqlim falokati bilan tahdid solmoqda

Jahon 16:03 / 27.05.2023 21324

Asrimiz so‘ngiga borib, insoniyatning beshdan bir qismi xavfli jaziramaga duchor bo‘ladi, deya olimlarning ogohlantirishlariga asoslanib yozadi Yeuronews. Buyuk Britaniyaning Ekseter universiteti tomonidan o‘tkazilgan va Nature Sustainability jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, sanoatlashish davridan oldingiga nisbatan havo haroratining 2,7°C darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu «iqlimiy falokat»ning oldini olish uchun zarur bo‘lgan global isishning yuqori chegarasini yana 1,5°Cga ko‘taradi, deyiladi BMTning hukumatlararo iqlim o‘zgarishini o‘rganish guruhi ekspertlari xulosasida.

Haroratning bunday isishi 2100 yilga borib ikki milliard insonni yoki Yer sharining prognoz qilinayotgan aholisining 20 foizini hayot uchun xavfli jazirama yoki ekstremal ob-havo sharoitlariga duchor qiladi.

O‘rtacha global harorat 29°Cdan oshadi, bu esa insoniyatni o‘zi yashashga ko‘nikib qolgan «iqlimiy makon»dan chiqishga majbur qiladi. Insoniyat uchun optimal harorat 13 darajadan 25 darajagacha bo‘lgan oraliq hisoblanadi.

Olimlarning qayd etishicha, Hindiston kabi ayrim davlatlar allaqachon atropogen (insoniyat qo‘li bilan yaratilgan) iqlim isishi oqibatlaridan jabr cheklmoqda. Hattoki quyosh urishi sababli o‘limlar soni ham ko‘paymoqda. Bu effekt tobora kengayishi bilan yanada ko‘proq insonlar o‘z yashab turgan joylarini tashlab, salqinroq davlatlarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishadi.

Ekspertlarga ko‘ra, Hindiston ortidan yaqin kelajakda Nigeriya, Indoneziya, Filippin va Pokistonda muammolar kuzatila boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: