O‘zbekistonda Singapur tajribasi asosida «Aqlli shahar» loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekiston 09:23 / 26.05.2023 5060

Investitsiyalar, sanoat va savdo  vazirligi ma’lumotiga ko‘ra,  suhbat chog‘ida asosiy e’tibor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalariga qaratildi.

Xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Singapur tomoni o‘zaro tovar ayirboshlash doirasini kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.

Joriy yilning sentabr oyida Singapurda Made in Uzbekistan ko‘rgazmasini o‘tkazish masalasi kelishib olindi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi salohiyatini ochib berish, qo‘shma investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, o‘zaro munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari, jumladan, ta’lim sohasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklash imkoniyatlari va Singapur tajribasi asosida O‘zbekistonda «Aqlli shahar» qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan barcha kelishuvlarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Ko‘proq yangiliklar: