Foto: Singapur prezidenti Samarqandga poyezdda bordi

O‘zbekiston 10:58 / 25.05.2023 26663

O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Singapur prezidenti Halima Yoqub 25 may kuni Samarqandga bordi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, oliy martabali mehmon Afrosiyob tezyurar poyezdida qadimiy shaharga yetib kelgan. Unga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qilmoqda.

Vokzalda Singapur prezidentini viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib olgan.

O‘zA xabariga ko‘ra, Singapur prezidenti Samarqand bilan tanishuvni ziyoratdan boshlash maqsadida Imom Buxoriy majmuasi tomon yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, Singapur prezidenti 23 may kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridan Toshkentga Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining muntazam reysi orqali uchib kelgandi.

24 may kuni Halima Yoqub O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazgan va ikki davlat biznes-forumining ochilishida ishtirok etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: