Rossiyada harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning xorijga chiqish pasporti olib qo‘yiladi

Jahon 12:31 / 24.05.2023 4876

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi 23 may, seshanba kuni uchinchi, yakuniy o‘qishda “Rossiya Federatsiyasidan chiqish va Rossiya Federatsiyasiga kirish tartibi to‘g‘risida”gi qonunga harbiy yoki muqobil fuqarolik xizmatiga chaqirilgan shaxslarni xorijga chiqish pasportlarini ushbu hujjatni bergan organga saqlash uchun topshirishga majburlovchi tuzatishlarni ma’qulladi.

Agar pasport uzrli sabablarsiz vakolatli organga saqlash uchun berilmasa, u haqiqiy emas deb topiladi. Shuningdek, pasport egasi familiyasi, ismi, otasining ismini yoki tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirsa, pasport haqiqiy emas deb topiladi.

Tuzatishlar hali ham Federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlanishi va Rossiya prezidenti tomonidan imzolanishi kerak, ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 180 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: