Latviya: Ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha reja ishlab chiqish kerak

Jahon 13:14 / 24.05.2023 5575

Latviya adliya vaziri Inese Libinya-Egnere o‘z mamlakatining Yevropa kengashiga raisligidan Ukrainadan deportatsiya qilingan bolalar xavfsizligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun foydalanmoqchi. U 2023 yil 23 may, seshanba kuni DW nashriga bergan intervyusida ukrainalik bolalarning qaytishini, may oyi o‘rtalarida Rigaga o‘tgan Yevropa kengashi raisligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb atadi.

"Men aniq vaqtni ayta olmayman, lekin juda kech ekanligini bilaman. Buni ancha oldin qilish kerak edi, bizda reja bo‘lishi va buning ustida jiddiy ishlashimiz kerak edi", - dedi Latviya vaziri.

Bundan tashqari, Inese Libinya-Egnere Yevropa kengashining 46 mamlakati “umumiy yechimga kelish uchun birlashishi”ni ramziy namoyish qilishiga ahamiyat qaratdi. "Biz yana bir bor inson qadr-qimmatini birinchi o‘ringa qo‘yganimizni va har bir insonni qanday himoya qilishimiz mumkinligini ko‘rsatishimiz kerak", dedi u.

Ukraina 2022 yil fevralida keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri Rossiyani 20 mingga yaqin bolani o‘g‘irlaganlikda bir necha bor ayblagan. Aynan shu iddaolar munosabati bilan Xalqaro jinoiy sud mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsmanı Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: