SpaceX kosmik sayyohlar bilan XKSga ikkinchi kemani uchirdi
Amerikaning SpaceX kompaniyasi yana Xalqaro kosmik stansiyaga sayyohlarni yubordi. Bu safar ekipaj tarkibida Saudiya Arabistonidan ikki nafar astronavt bor.

Axiom 2 a’zolari Foto: Joe Marino/UPI Photo/Newscom/picture alliance
Amerikaning SpaceX xususiy kompaniyasi yana koinotga butunlay xususiy missiyasini jo‘natdi. Axiom tijorat dasturi doirasida Falcon 9 raketasi Crew Dragon boshqariladigan kosmik apparati bilan 21 may, yakshanba kuni kechqurun Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uchirildi, deb xabar berdi SpaceX.
Kemaga NASA sobiq astronavti va XKSning birinchi ayol komandiri Peggi Uitson qo‘mondonlik qiladi, uchuvchi – tadbirkor Jon Shofner, ekipaj a’zolari esa saudiyalik astronavtlar Rayyan Barnavi va Ali al-Karnidir. Astronavtlar XKSda sakkiz kun bo‘lib, uning doimiy ekipaji bilan birga ishlaydi.
Kosmik kema Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi Kennedi kosmik markazidagi 39V start kompleksidan uchirildi. XKS bilan tutashuv 22 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:24 da rejalashtirilgan.
Bu - Amerikaning Axiom kompaniyasi dasturi bo‘yicha XKSga ikkinchi tijoriy parvoz. Tijoriy astronavtlarning birinchi missiyasi - Axiom-1 - o‘tgan yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi. 2023 yil oxirida uchinchi Axiom (Ax-3) missiyasini amalga oshirish rejalashtirilgan, uning doirasida to‘rt kishilik ekipaj XKSda ikki hafta vaqt o‘tkazadi.
Missiyaning har bir a’zosi uchun parvoz narxi 50 million dollarga baholanmoqda. SpaceX bilan kelishuvga ko‘ra, endilikda Axiom Space dasturi bo‘yicha kosmik sayyohlar parvozlari yiliga ikki-uch marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

17:53 / 07.03.2025
Starship raketasi ketma-ket ikkinchi marta sinov paytida portladi

21:59 / 24.02.2025
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi

16:20 / 02.02.2025
SpaceX raketasi Starlink uchun 22 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi

18:21 / 30.01.2025