Ukraina bo‘ylab zarbalar va Qrimda izdan chiqib ketgan poyezd. Urush suratlari

Jahon 14:40 / 19.05.2023 20500

Ukrainada urushning 449-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini 18 mayga o‘tar kechasi Ukrainaning bir qancha oblastlarini, jumladan, Kiyev va Odessani o‘qqa tutdi. Ukraina qurolli kuchlari 30 raketadan 29 tasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Poytaxtda jabrlanganlar yo‘q, Odessada tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi — Xarkiv yaqinidagi posyolkaga hujum qurboniga aylangan.
  • Pentagonning xabar qilishicha, Kiyevda 16 may kuni raketa zarbasidan shikastlangan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini tuzatishga muvaffaq bo‘lingan va u hozirda to‘liq ishchi holatida.
  • Anneksiya qilingan Qrimda g‘alla ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi. OAV portlash haqida xabar bergan. Qrim temiryo‘llari xabariga ko‘ra, hodisa «tashqi aralashuv natijasida» ro‘y bergan. Hodisa terakt sifatida baholanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
  • Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov xabar berishicha, chegaradagi hududlar o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lgan. U hujumda Ukraina qurolli kuchlarini ayblagan, Ukraina tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.

Ukraina shaharlari bo‘ylab zarbalar

18 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev, Xerson, Vinnitsa, Xmelnitskaya, Odessa, Xarkiv va Jitomir oblastlari bo‘ylab navbatdagi zarbalar seriyasini amalga oshirdi. Odessada tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan. Xarkiv oblastida ham bir kishi hujum qurboni bo‘lgan. Kiyevda urib tushirilgan raketa parchalari tushishi oqibatida garajlar kooperativida yong‘in chiqqan, Xersonda xususiy turar joy binosiga zarba kelib tushgan.

RF mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlari tunda «xorijda ishlab chiqarilgan qurollar va texnikalarning yirik omborlari bo‘ylab, shuningdek dushmanning zaxiralariga yuqori aniqlikda harakatlanuvchi qurollar bilan guruhli zarbalar bergani»ni ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, «zarbalardan maqsadga erishilgan».

Quyida hujumga uchragan shaharlarda zarba oqibatlari aks etgan suratlar.

Havo hujumidan mudofaa tizimi Kiyev osmonida rossiyaliklar raketasini urib tushirmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevlik politsiyachi garajlar kooperativi hududiga qulagan rossiyaliklar raketasi parchalarini ko‘zdan kechirmoqda.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik politsiyachi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan rossiyaliklarning qanotli raketasi parchalarini ko‘zdan kechirmoqda. Kiyev
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivdan 18 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Tsirkuni posyolkasiga rossiyaliklar raketasi qulashidan hosil bo‘lgan o‘ra
Reuters / Scanpix / LETA
Tsirkunida halok bo‘lgan kishining jasadini olib chiqayotgan qutqaruvchilar
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Odessalik kishi shahar o‘qqa tutilishi oqibatida vayron bo‘lgan sanoat binolaridan birining xarobalari ustida
Nina Liashonok / Reuters / Scanpix / LETA
Zarba oqibatida shikastlangan sanoat zonasidagi bino. Odessa
Press Service of the Operational Command South of the Ukrainian Armed Forces / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutdagi Ukraina qurolli kuchlari jangchilari

Ukrainlar zirhli transportyori (BTR) Baxmutning janubiy chekkasida harakatlanmoqda
Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina QK 28-brigadasi jangchisi oldingi chiziqdagi topshiriqqa yo‘l olishdan oldin texnikani tekshirmoqda
Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik askarlar raketalarni «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimiga yuklamoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning «Grad» tizimidan o‘t ochilishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Okkupatsiya ostidagi Qrimda diversiya  

Simferopol — Sevastopol uchastkasida relsdan chiqib ketgan vagonlar. 18 may tongida Bog‘chasaroy yaqinida (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra — Chistenkoye qishlog‘i atrofida) temiryo‘lda portlash ro‘y bergan. G‘alla ortilgan sakkiz vagon relsdan chiqib ketgan, shundan beshtasi ag‘darilgan, 50 metrlik temiryo‘l polotnosi shikastlangan. Bu uchastkada harakat 19 may kuni kechgacha to‘xtatilgan, jabrlanganlar haqida xabar qilinmagan. Hodisa terakt deb baholanib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA

Ko‘proq yangiliklar: