Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imzo to‘plash jarayonida yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqda - O‘zLiDeP

Foto: O‘zLiDeP
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Prezident saylovida ishtirok etish uchun saylovchilar imzolarini to‘plashga kirishdi. Mazkur jarayon partiyaning 14 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlarida, fuqarolarning ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda uyushqoqlik bilan tashkil qilinyapti. Hududiy partiya tashkilotlari qoshida tashkil qilingan ishchi guruhlar imzo to‘plash ishlariga tashkiliy, huquqiy va boshqa jihatdan ko‘maklashmoqdalar. Ayni paytda partiyamizga xayrixoh insonlar ham ko‘ngilli ravishda imzo to‘plashning yuqori saviyada o‘tkazilishiga astoydil yordam beryaptilar.
Ushbu muhim jarayonga mas’ul partiyamiz faollari imzo to‘plash tadbirlari yurtdoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy ong-tafakkuri yanada yuksalgani, mamlakatimiz istiqboliga daxldor jarayonlarga befarq emasligi, shuningdek, partiyamiz nufuzi tobora oshayotganini ko‘rsatayotganini alohida qayd etmoqdalar. Aholining barcha qatlamlari vakillari o‘z ixtiyori bilan, ko‘tarinki kayfiyatda, eng muhimi, zimmalaridagi burch va mas’uliyatni chuqur anglagan holda nomzodning saylovda ishtirok etishiga xayrixohlik bildirmoqdalar.
Imzo yig‘ish bilan bog‘liq barcha tadbirlar qonunchilikda belgilangan me’yorlarga qat’iy rioya etilgan tarzda o‘tkazilyapti. Ushbu jarayon respublikamizning barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda.
O‘zLiDeP matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
«Agenstvo»: Putinning qo‘riqchisi tutib oluvchi dronni olib yurgani aniqlandi
Jahon | 12:00
-
O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat | 11:57
-
Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengayadi
O‘zbekiston | 11:43
Mavzuga oid

11:05 / 28.07.2024
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining XVII majlisi bo‘lib o‘tdi

11:35 / 20.04.2023
O‘zLiDeP: Birgalikda ochiq jamiyat quramiz

15:43 / 17.04.2023
O‘zLiDePning referendum tashviqotiga bag‘ishlangan navbatdagi event-tadbiri Chirchiq shahrida o‘tkazildi

14:11 / 13.04.2023