Oylik maoshingiz yetarli darajada bo‘lishiga qaramay, pullaringiz tez tugab qoladimi? Muammo budjetni rejalashtirishda bo‘lishi mumkin. Huzur-halovatda yashash va ko‘ngil istagan narsani sotib olish ayb emas, biroq chiqimlarni nazorat qilishni bilish ham muhim. «Payme» ilovasidagi «To‘lovlar monitoringi» xizmati sizga xarajatlaringizni oson kuzatib borishga yordam beradi. Ushbu servis yordamida siz bugundanoq o‘z maqsadlaringiz uchun pul yig‘ishni boshlashingiz mumkin.
Barcha chiqimlar nazorat ostida
To‘lovlar monitoringi – bu Payme ilovasi orqali foydalanuvchilarga sarf-xarajatlarni nazorat qilishga yordam beradigan xizmat. Ushbu servis yordamida kartangizga kelib tushgan mablag‘lar, shuningdek, u orqali amalga oshirilgan barcha turdagi chiqimlarni kuzatib borishingiz mumkin. «To‘lovlar monitoringi» yaqinda yangilanib, foydalanish uchun yanada qulay bo‘ldi.
Budjetni foydaliroq boshqarish uchun ushbu xizmat yordamida siz xarajatlaringizni sana, toifalar, kartalar, yetkazib beruvchilar, oluvchi va yuboruvchilar kabi parametrlar bo‘yicha saralashingiz mumkin. Chiqimlar dinamikasini yaxshiroq tushunishga xarajatlar va daromadlar grafikasi yordam beradi.
Toifalar bo‘yicha saralash bu – monitoringning eng foydali imkoniyatlaridan biri. Uning yordamida sarf-xarajatlarni turli toifalarga, masalan, ovqatlanish, sovg‘alar, transport va boshqa yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Bu nimalarga ko‘p pul sarflayotganingiz va mablag‘larni qayerda tejab qolish mumkinligini anglash imkonini beradi.
Agar sizni qaysi do‘konda yoki restoranda ko‘proq pul sarflashingiz qiziqtirsa, siz yetkazib beruvchi bo‘yicha ma’lumotlarni saralab olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, «To‘lovlar monitoringi» orqali siz istalgan payt kerakli chekni izlab topishingiz mumkin. Bu sizning moliyaviy xavfsizligingiz uchun muhim. Chekning mavjudligi sizga mahsulotlarni qaytarishda yoki xaridlarga kafolat olishda yordam berishi mumkin. Shuningdek, soliq inspeksiyasi va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilsa, chek sizning foydangizga muhim isbot-dalil sifatida xizmat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, «To‘lovlar monitoringi» chiqimlar tarixini Exsel fayliga yuklab olish imkonini beradi. Hisobot siz o‘rnatgan filtrlar asosidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, siz kartangizdan oxirgi uch oy davomida amalga oshirilgan to‘lovlarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turli davrlar mobaynida amalga oshirilgan xarajatlarni taqqoslashga yordam beradi.
Xizmatni qanday ulab olish mumkin?
«Payme» ilovasida «Kirim-chiqim» bo‘limiga o‘tib, «Yoqish» tugmachasini bosing. Xizmat narxi – bor-yo‘g‘i 2 000 so‘m. Profilingizga bog‘langan barcha kartalar uchun ushbu narx amal qiladi. Xizmat yoqilgach, mablag‘ shu zahoti avtomatik ravishda yechib olinadi. So‘ng har oyda bir marta kartangizdan 2 000 so‘mdan yechib boriladi.
Sarf-xarajatlarni optimallash – bu moliyaviy savodxonlik belgisi. Ushbu muhim ko‘nikma sizga nafaqat kundalik hayotda, balki kelajakda ham, turli orzularingiz uchun mablag‘ to‘plashga yordam berishi mumkin. Payme bilan maqsadlaringiz sari muhim qadamlarni tashlang.
To‘lovlarni kuzatish imkoniyatlari bilan qulay ko‘rsatmani ko‘ring:
Payme ilovasini iOC va Android uchun yuklab olishingiz mumkin.
Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida ko‘proq yangiliklar:
Instagram: @payme.uz
Facebook: fb.com/payme.uz
Telegram: t.me/payme_uz
Reklama