Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. Jalolov ikki karra jahon chempioniga aylandi, Do‘smatov va Mo‘ydinxo‘jayevda JChdagi ilk oltin

Foto: O‘BF
Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasining uch nafar a’zosi finalda jang qilib, 3 ta oltin medaliga ega chiqdi.
Dastlabki jangda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston milliy jamoasi hisobida turnirdagi birinchi chempionlikni keltirdi. -67 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz qozog‘istonlik Dulat Bekbauovga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibidan ustunligini ko‘rsata oldi (5:0) va oltin medalga ega chiqdi.
Ikkinchi final jangida -51 kg vazn toifasidagi Hasanboy Do‘smatov fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi ringga ko‘tarilib, 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratib, JCh-2023 oltin medaliga ega chiqdi.
«Humo Arena»da o‘tgan kunning so‘nggi final jangida eng og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raunddayoq raqibidan yaqqol ustunlik qilgan 28 yoshli bokschi nokdaun evaziga turnirning oltin medalini qo‘lga kiritdi. Natijada, Bahodir ikki karra jahon chempioniga aylandi. U JCh-2019da ham oltin medalga ega chiqqandi.
Qayd etish joiz, final jangi oldidan bokschilarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham «Humo Arena» saroyiga tashrif buyurdi.
Shu tariqa, Jalolov finalning dastlabki kunida O‘zbekiston hisobiga 3-oltin medalni keltirdi. Ungacha Hasanboy Do‘smatov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev faoliyatida ilk marta jahon chempioniga aylangandi. Bokschilar oltin medal bilan birga turnirning mukofot puli – 200 ming AQSh dollariga ham ega chiqishdi. Kumush medali sohiblari – 100 ming AQSh dollari, bronza egalari esa 50 ming AQSh dollari pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Lazizbek Mullojonov va A’loxon Abdullayev yurtimiz hisobiga bronza medalini yozib qo‘yishdi.
Ma’lumot uchun, ertaga, 14 may kuni o‘zbekistonlik yana 4 nafar bokschi - Oybek Jo‘rayev, Abdumalik Xalokov, Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Ja’farov final jangida ringga chiqishadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

12:39 / 06.02.2025