Oqqo‘rg‘onda arxeologiya yodgorligining yer maydoni ijaraga berib yuborilgani aniqlandi
“Shohruxiya shahristoni” arxeologiya yodgorligi hududida o‘zboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilgan hamda tarixiy obektga 315 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Shohruxiya shahristoni” arxeologiya yodgorligining 16 gektar yer maydoni xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Holat prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlash maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Mazkur yodgorlik hududida o‘zboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilib, tarixiy obektga 315 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanida qurilish hamda kadastr bo‘limi mansabdor shaxslari “Qiyritepa” arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar yer maydonida noqonuniy ravishda suv inshootining qurilishiga yo‘l qo‘yib berishgan. Buning oqibatida tarixiy obektga 180 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holatlar yuzasidan tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan «Nomsiztepa» arxeologik yodgorligiga 4,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangandi.
Mavzuga oid

11:41 / 07.03.2025
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi

08:40 / 08.02.2025
Toshkentda uy-joy uchun ijara narxi arzonlashishda davom etmoqda

11:50 / 17.01.2025
O‘quv muassasalari oshxonalari E-auksion orqali ijaraga beriladi

11:18 / 16.01.2025