5 may kuni Anadolu tibbiyot markazining Toshkentdagi vakolatxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib Raqamli Gistologiya laboratoriyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, turkiyalik mutaxassislar va markaz xodimlari ishtirok etishdi.
Yangi laboratoriyada bemorlar onkologik tahlil topshirish va uning natijalarini tezda olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Buning uchun xorijga chiqish va ko‘p vaqt sarflashning hojati yo‘q. Olingan tahlillar skaner orqali xalqaro darajadagi Turkiya-Amerika Anadolu tibbiyot klinikasiga yuboriladi va yuqori malakali professorlar ular bilan tanishib gistologik xulosa berishadi.
AQShdagi taniqli Johns Hopkins Medicine tibbiyot markazi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan Anadolu klinikasi o‘zbekistonlik bemorlar uchun ushbu imkoniyatni taqdim etmoqda.
“Ta’kidlash joizki, xalqaro sertifikatga ega Anadolu tibbiyot markazining laboratoriyasida raqamli gistologiyani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ushbu keng ko‘lamli loyiha O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib amalga oshirilmoqda. Ishonchimiz komilki, bu ko‘plab bemorlarga onkologiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun to‘g‘ri tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolanishga yordam beradi, - deydi Anadolu xalqaro boshqarmasi boshlig‘i Asli Akyavash Pamuk.
“Anadolu” agentligining Toshkentdagi rasmiy vakili, onkolog Akbarxon Mavlonxo‘jayevning aytishicha, gistologik tekshiruv onkologiyani davolashda juda muhim bosqich hisoblanadi. Agar bemorda shubhali o‘simta gumon qilinsa, biopsiya qilish kerak va olingan namunadan saraton yoki o‘simta ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Undan tashqari saraton hujayralarining xususiyatlari o‘rganib chiqilishi kerak.
“Buning uchun biopsiya olinib, undan so‘ng o‘simta namunalari gistologik laboratoriyaga yuboriladi. Uning mutaxassislari materialni o‘rganib, kasallik haqida xulosa chiqaradilar. Tahlil asosida yakuniy tashxis qo‘yiladi va shunga mos ravishda davolanish belgilanadi. Gistologik tekshiruvdagi xatolar bemor uchun halokatli bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonlik bemorlar tashxis qo‘yish yoki qayta tekshirish uchun klinikamizga tez-tez gistologik maslahat olish uchun murojaat qilishadi, chunki ular Johns Hopkins Medicine Tibbiyot Markazi tomonidan sertifikatlangan gistologlarimizga ishonadilar. Shu kunga qadar bu bemorlar tahlil va tashxis uchun Istanbuldagi klinikamizga borishlari yoki Turkiyaga materiallar jo‘natishlari kerak edi, bu esa katta mablag‘ va vaqtni talab qildi. Endi ular xorijga chiqmasdan, Toshkentdagi laboratoriyamizda bor-yo‘g‘i 2-3 kun ichida maslahat olish imkoniyatiga ega”, - dedi “Anadolu” tibbiyot markazining Toshkentdagi vakili.
Raqamli gistologiya laboratoriyasi mudiri, patogistolog shifokor Vyacheslav Lisenkovning ta’kidlashicha, bemorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri patologik material namunalari bo‘lgan o‘z bloklari va idishlarini bu yerga olib kelishlari mumkin. Yevropaning so‘nggi avloddagi yuqori texnologiyali uskunalari yordamida mutaxassislar shu paytning o‘zida skanerlashi va Turkiyadagi hamkasblariga tasvirlarni yuqori aniqlikda yuborishlari mumkin bo‘ladi. “Anadolu” tibbiyot markazining professor-gistologlari ularni sinchiklab o‘rganib chiqib, aniq tashxisni ko‘rsatuvchi batafsil gistologik xulosa tayyorlashadi.
U 2005 yilda Anadolu xayriya fondi tomonidan AQShning dunyoga mashhur Johns Hopkins Medicine klinikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Ushbu strategik hamkorlik orqali Anadolu tibbiyot markazi eng yuqori Amerika standartlari asosida ishlaydi va dunyoning yetakchi tibbiyot muassasalari bilan tenglashadi.
Ma’lumot o‘rnida: Anadolu tibbiyot markazi Istanbuldagi zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va yuqori xalqaro standartlarga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar jamoasi bilan keng ko‘lamli kasalliklarni samarali davolaydi.
Manzil: Yakkasaroy tumani, Rakat massivi, 10/25
Kontaktlar:
+ 998 90 11 44 66
+998 90 114 46 66
Instagram: instagram.com/anadolumedicalcenter_ru
Facebook: fb.com/anadolumedical.official
E-mail: anadolu.tashkent@anadolusaglik.org
Sayt: http://www.anadolumedicalcenter.ru/
Reklama