Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida homilador xotini va 5 yoshli farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan 23 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi.
Aniqlanishicha, 2000 yilda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan yigit o‘zidan 7 yosh katta bo‘lgan, shar’iy nikohda yashab kelgan homilador xotini hamda farzandini Jizzax viloyati, Zargar qishlog‘idagi qirda o‘ldirib, yoqib yuborgan. Bunga ayolning xiyonat qilganini sabab sifatida ko‘rsatgan.
Yigit sudda qilgan ishidan pushaymon ekanini aytib, barchadan kechirim so‘ragan.
Sud hukmi bilan unga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.