O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani ochiqlandi
2023 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p.
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
Bunda, to‘langan soliqlarning 95 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta - 12,1 mlrd so‘m;
- Google - 9,3 mlrd so‘m;
- Apple - 6 mlrd so‘m;
- Vooking.som - 1,1 mlrd so‘m;
- Netflix - 1,1 mlrd so‘m;
- Xsolla - 632,9 mln so‘m;
- Yandex - 363 mln so‘m;
- Paddle.som - 321 mln so‘m;
- Linkedin - 275,6 mln so‘m;
- Adobe Systems - 221 mln so‘m.
Mavzuga oid

16:31 / 24.02.2025
Xitoyda kompaniya bo‘ydoq xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi

13:26 / 18.02.2025
Xitoy O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi

10:28 / 21.01.2025
eBay O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

16:46 / 20.01.2025