«Real» - 20-bor Ispaniya Kubogi sohibi

Sevilyada o‘tgan Ispaniya Kubogi finalida «Real» «Osasuna» bilan to‘qnash kelib, Rodrigoning dubli evaziga g‘alaba qozondi. Yagona javob to‘pi Torro hisobiga yozildi.
Natijada «qirollik klubi» 20-bor mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Bu borada «Barselona» (31) va «Atletik» (23) madridliklardan oldinda.
Ispaniya Kubogi. Final
Real — Osasuna 2:1
6 may, «Estadio de-la-Kartuxa»
Gollar: Rodrigo (2, 70) — Torro (58).
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Kamavinga, Kroos (Modrich, 82), Valverde, Tchuameni (Ryudiger, 69), Vinisius, Rodrigo (Asensio, 89), Benzema.
Osasuna – Errera, Aridane, David Garsiya, Xuan Krus, Penya (Ruben Garsiya, 75), Moyses Gomes (Kike Garsiya, 86), Torro (Ibanes, 86), Oros, Monkayola, Ez Abde (Barxa, 75), Budimir (Chimi Avila, 70).
Ogohlantirishlar: Monkayola (21), David Garsiya (37), Militao (41), Vinisius (45), Kamavinga (75), Barxa (83), Valverde (90), Kurtua (90+4), Ibanes (90+4).
Mavzuga oid

01:45 / 20.01.2025
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi

02:16 / 13.01.2025
7 ta gol urilgan super klasikoda «Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 15-bor Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi

02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi

01:58 / 02.06.2024