Bog‘chadagi pedofiliya voqeasi: direktorning o‘g‘li ushlangan

Jamiyat 20:16 / 06.05.2023 66193

Bog‘chadagi holat yuzasidan Kun.uz’ga jinsiy tajovuzga uchragani aytilgan bolalarning ota-onalari xabar bergan va avvalroq ularning intervyulari e’lon qilingandi.

Ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, voqea 2 may kuni tushdan keyin 6 yoshli bolalar guruhi uxlashga kirganida sodir bo‘lgan va gumonlanuvchi bola 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bog‘chada mudiraning ikki o‘g‘li bemalol guruhlarga kirib yurgan.

Ushbu voqea tafsilotlari OAVda yoritilganidan so‘ng holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi 2008 yilda tug‘ilgan yigit Jinoyat kodeksining 119-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgani, ayni paytda tergov harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Bosh prokuratura esa bog‘cha bolalariga nisbatan sodir etilgan jinoyat ishi tergovi qat’iy nazoratga olinganini bildirdi.

Holat yuzasidan sudga oid tibbiyot va psixologik ekspertizalari tayinlangan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, mudiraning o‘g‘li tegishli tartibda ushlangan.

Ota-onalar tomonidan aytilayotgan holat o‘z tasdig‘i topsa, 15 yoshli bolaga nisbatan qanday jazo qo‘llaniladi? Bu yoshdagi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkinmi?

Qonunchilikda bir qator jinoyatlar uchun 14 yoshga to‘lmagan shaxslar ham javobgarlikka tortilishi belgilangan. Jinoyat kodeksining 119-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat, ya’ni jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish ham shular jumlasidan.

Gumonlanuvchi 2008 yilda tug‘ilgani aytilmoqda. Demak, agar vajlar tasdiqlansa, ushbu holatda u jazodan qutulib qola olmaydi.

Chilonzordagi bog‘chada jabrlanuvchilar 6 yoshdagi norasida go‘daklar. Ya’ni jinsiy jinoyat o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan. Buning uchun esa JK 119-moddasi bo‘yicha eng og‘ir jazo – 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: